So’nggi yangiliklar

17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  1 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  0 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  7 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  4 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5

Ertaga oxirgi muddat! Soat 15:00 Yangiliklar

Ertaga oxirgi muddat! Soat 15:00

Teglar :  PFL
10 avgust kuni PFL o'z saytida "Superliga klublariga qarzdorlik masalasi qimmatga tushishi mumkin" sarlavhali xabar elon qildi.

Xabarda keltirilishicha, Superliganing oltita klubida PFL oldida qarzdorlik mavjud. Bular - "So'g'diyona", "Qo'qon-1912", "Bunyodkor", "Navbahor, "Paxtakor", "Buxoro".

Lekin PFL sayti aynan qanday va qancha qarzdorlik borligi haqida ochiq yozmagan. Faqat 14 avgust soat 15:00gacha qarzlar to'liq bartaraf etilmasa bu klublardan 3 ochko olib tashlanishi haqida gap borgan. SHuningdek, 22-turdan keyin Superliga bahslaridan chetlatish mumkinligi ham keltirib o'tilgan.

Endi savol tug'iladi: modomiki gap 3 ochko olib tashlash haqida borayotgan ekan, demak bu erda jiddiy gap bor. Bu haqda PFLga murojaat qilib, yuqorida nomlari keltirib o'tilgan har bir klubning aynan qancha miqdorda qarzi borligi haqida aniq malumotga ega bo'lishga harakat qildik. Lekin raqamlar ochiq aytilmadi. Faqat mavjud qarzdorlik badal puli hamda bazi jarimalar va legionerlar uchun to'lanishi kerak bo'lgan pul ekanini malum qilishdi.

Hozirgi kunga kelib Superliganing ikkita klubi musobaqalarda ishtirok etish uchun badal pulini to'liq to'lamagan. Bu jamoalar - "So'g'diyona" va "Bunyodkor". Boshqa klublarda esa boshqa qarzdorlik mavjud. Ko'ramiz, ertaga 15:00gacha hamma qarzdorlik bartaraf etiladimi? SHundan so'ng PFLga yana murojaat qilamiz.

Reyting: -87   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика