So’nggi yangiliklar

16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  1 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  2 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  1 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   5 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  10 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  26 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  3 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  7

Eronda esda qolgan o'yin Yangiliklar

Eronda esda qolgan o'yin

19-20 fevral kunlari OCHL guruh bosqichi 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

O'zbekistonning amaldagi chempioni "Lokomotiv" Osiyo chempionlar ligasidan o'rin olgan navbatdagi uchrashuvni ertaga Eronning "Zobahan" klubiga qarshi o'tkazadi.

"Lokomotiv" bu yilgi OCHL bahslarini ishonchli boshladi. Jamoa 1-turni o'z maydonida "Al Vahda" klubiga qarshi o'tkazib, 5:0 hisobida zafar quchdi. SHu kuni TTZdagi stadionga kelgan muxlislar ajoyib futbol guvohiga aylanishdi. Gollar ham turlicha urildi. Kombinaciya deysizmi, maydon markazidan deysizmi, xullas hammasi tamiga yarasha. 

Endi esa bu o'yinni unutdik. Jamoani oldinda "Zobahan"ga qarshi bahs kutmoqda. Mazkur bellashuv ertaga bizning vaqt bilan 17:30da start oladi. Malumot uchun, bu "Lokomotiv"ning Erondagi to'rtinchi o'yini bo'ladi. Birinchisi 2015 yil Ahvazda "Fulad"ga qarshi kechib, bunda "Loko" 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan. Ikkinchisi 2016 yil Isfahon shahrida "Sepaxon" bilan bo'lgandi va 2:0 hisobida "Loko" foydasiga yakun topgan. Uchinchisi esa o'tgan yil Tehronda "Istiqlol"ga qarshi kechib, "temiryo'lchilar" 0:2 hisobida yutqazib qo'yishgan. 

Ko'rib turganingizdek, avvalgi uchta safardan bittasi g'alaba, ikkitasi mag'lubiyat bilan yakun topgan. To'rtinchi safardan yana ijobiy natijadan umid qilsak bo'ladi, chunki "Loko" o'zi uchun omadli shahar Isfahonga yo'l oldi. Isfahon - Eronning eng qadimgi va tarixiy shaharlaridan biri. SHaharda ikkita kuchli klub bor: biri - "Zobahan", ikkinchisi "Sepaxon". "Loko"ning raqibi "Zobahan" Eron chempionatida yomon ketmayapti. Jamoa "Persepolis"dan keyin ikkinchi o'rinni egallab turibdi. "Sepaxon" esa ancha pastda 13-o'rin.

2016 yil "Lokomotiv" bilan bu shaharga borish menga ham nasib etgandi. Isfahon atrofi tog' bilan o'ralgan shahar desa bo'ladi. "Lokomotiv" o'sha yili "Kowsar" mehmonxonasiga joylashgandi, bu yil ham shunday bo'pti. Ertaga o'yin bo'ladigan stadion mehmonxonadan ko'p ham uzoq emas. Avtobusda yarim soatcha yuriladi. Stadion mo'jazgina, qaysidir tomonlari o'zimizning "Jar"ga o'xshab ketadi. Sig'imi ham shunga yarasha. Farqi shundaki, u erda yon-atrofda uylar yo'q. 

Stadionning asosiy tribunasi ichki tomondan qaraganda uch qavatli bo'lib, eng yuqoriga chiqish uchun bemalol liftdan foydalanish mumkin. SHaharda "Zobhan" birinchi raqamli jamoa hisoblanadi, shu bois uning muxlislari "Sepaxon"nikidan ko'proq. 2016 yil "Loko" "Sepaxon" bilan o'ynaganida nari borsa ikki mingga yaqin muxlis tushgandi. "Zobahan" o'ynagan mahal esa ko'proq tomoshabin keladi. 

Ikki yil avvalgi bahs 15 mart kuni o'tkazilgandi. "Temiryo'lchilar" bu gal ancha vaqtli bu stadionda o'ynashlariga to'g'ri keladi. Endi o'sha o'yin haqida ikki og'iz gapiradigan bo'lsak, bahs "Lokomotiv" ustunligida kechib 2:0 hisobida zafar quchgandi. Esimda, o'yindan bir kun oldin havo ochiq edi, biroq o'yin payti sharros yomg'ir quygandi. Haqiqiy jala deysiz. SHu bois maydonda harakat qilish oson bo'lmagandi. Uchrashuvda dastlab Marat Bikmaev hisobni ochgan, keyinroq ikkinchi taym oxirlarida Sardor Mirzaev ikkinchi golni urgandi. Esingizda bo'lsa, o'sha bellashuvda "Sepaxon" tarkibida hamyurtimiz Fozil Musaev o'ynagandi. 

Ertaga "Lokomotiv" yana shu stadionda to'p tepadi. Faqat raqib boshqa. "Lokomotiv" oldida endi "Sepaxon"dan ancha mashhur raqib "Zobahan" turibdi. Jamoa bosh murabbiyi Amir Galenoyi eron futbolidagi taniqli mutaxassislar sirasiga kiradi. SHunga qaramay, "temiryo'lchilar"dan ertangi bahsda umid katta. 

Jamoa musobaqani yirik g'alaba bilan boshlab oldi va buyog'iga ham omad kelishi kerak. "Loko" o'yin va tarkib jihatdan ancha shakllangan klub, ertaga tavakkal nima bo'lsa bo'ldi deb o'ynamaydi, balki birinchi raqamli jamoa sifatida harakat qilsa ajab emas. Biz esa doimgidek O'zbekiston klubiga omad yor bo'lishini tilab qolamiz.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика