Fayzullaevning murabbiyi: "Abbos o'zi uchun to'g'ri qaror qabul qiladi"
08 iyu 12:39
Yangiliklar
Fayzullaevning murabbiyi: "Abbos o'zi uchun to'g'ri qaror qabul qiladi"
CSKA yarim himoyachisi Abbos Fayzullaevning birinchi murabbiyi Dmitriy An futbolchi faoliyatini davom ettirish borasida to'g'ri qaror qabul qilishiga ishonmoqda.
Avvalroq Fayzullaevga Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
"Ichki ovoz Abbosga kelajagi bo'yicha qanday qarorga kelishi kerakligini aytadi. Biz hozirda vaziyatni to'liq bilmaymiz, CSKAga ham yangi murabbiy keldi. Biroq Fayzullaev o'zi uchun to'g'ri qaror qabul qiladi deb o'ylayman. Shu bilan birga, men Abbosni yaxshi bilaman. Biz ko'p marta uchrashganmiz va u CSKA haqida juda iliq fikrda. Shuning uchun u klub muxlislari yoki rahbariyatini xafa qiladigan qaror qabul qilmasligiga ishonchim komil", – dedi An.

Fayzullaev 21 yoshda. U o'tgan mavsum CSKA safida 39 o'yinda maydonga tushib, 3 ta to'p kiritdi hamda 8 ta golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar