So’nggi yangiliklar

12:36Ямалдан яна бир натижа: у собиқ жамоадошининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 12:12"Нефтчи" пешқадамга айланди, Файзуллаев дебют қилди, Ашурматов қачон сафга қайтиши аниқ – 21 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   1 12:00Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" - "Бухоро" учрашуви 27 августга кўчирилди  3 11:39Эксперт фикри. Иброҳим Отахонов: "Андижон"га нафақат бугун балки кейинги ўйинда ҳам осон бўлмайди"  0 11:10"Қалдирғочлар" қаршисида "чақилмас ёнғоқ": "Қизилқум" – "Бунёдкор" учрашувини кўриш учун 7 та сабаб  1 10:50"Манчестер Юнайтед"га 21 ёшли футболчи керак  1 10:25Родригонинг вакиллари Англияда  6 10:1025 август куни ЎФФ раҳбарияти иштирокида брифинг бўлиб ўтади  0 09:52Луис Энрике: "Танқидларни тўғри тушунаман"  0 09:37Суперлига. Бугунги учрашувларни кимлар шархлайди?  12 09:24Кунде: "Рекордни янгиламоқчиман"  0 08:57"Ювентус" Артурни ижарага беради  1 08:27Sofascore. Кечаги учрашувда Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди?  14 08:00Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" 1:2  5 07:56Суперлига. Бугун бизни яна иккита учрашув кутиб турибди  13

Eron – O'zbekiston uchrashuvi hakami biz uchun qanchalik omadli? Yangiliklar

Eron – O'zbekiston uchrashuvi hakami biz uchun qanchalik omadli?

JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 8-turida O'zbekiston terma jamoasi safarda Eronga qarshi bahs olib boradi.

Xalqaro futbol federaciyasi (FIFA) bo'lajak o'yinga ummonlik FIFA referisi Ahmad Abu Bakar Said al-Kafni bosh hakam etib tayinlagan. Unga qanotlarda hamyurtlari Hamid Sulaymoy Marhun al-Mahayi hamda Abu Bakar Salim Mahad al-Amri yordam beradi. Umar Muborak Mazarua al-Yoqubiy (Ummon) zaxira hakami sifatida ishlaydi.

Hakamlar ishiga malayziyalik Muhammad Solih Subhiddin baho beradi. Uchrashuv komissari etib yaponiyalik Kaise Tomoxiro tayinlandi. Xavfsizlik bo'yicha oficer – Tara Singx (Malayziya).

Ahmad Al Kaf bugungi kunga qadar O'zbekiston jamoalari ishtirokidagi uchta o'yinda faoliyat olib borgan.

2016 yil bo'lib o'tgan U-23 Osiyo chempionati guruh bosqichida O'zbekiston olimpiyachilari Iroqqa 2:3 hisobida yutqazib qo'ygan bahsda aynan shu hakam ishlagan.

O'sha yil Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasidagi "Al Jayish" - "Nasaf" uchrashuvini ham Al Kaf boshqarib borgan. O'sha o'yinda Sardor Rashidov gol urib "Nasaf"ni mag'lub etgandi - 1:0.

Nihoyat 2017 OCHL 1-turidan o'rin olgan, ummonlik mana shu hakam boshqargan "Al Taavon" - "Lokomotiv" o'yinida mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchishgan.


JCH-2018 saralashi. 3-bosqich. 8-tur
ERON – O'ZBEKISTON
12 iyun 2017. Tehron. “Ozodi” stadioni. 21:45 (Toshkent vaqti)
Hakamlar
: Ahmad al-Kaf, Hamid Al Mahayi, Abu Bakar Al Amri, Umar Al Yoqubiy (Ummon)
Nazoratchi: Subhiddin Muhammad Solih (Malayziya)
Komissar: Kaise Tomoxiro (Yaponiya)


Malumot uchun, JCH–2018 saralashi “A” guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. O'zbekiston 12 ochko bilan guruhda hozircha 3-pog'onada bormoqda.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика