Eron klubi "Nasaf" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
28 iyu 2024 13:08
Yangiliklar
Eron klubi "Nasaf" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
Eronning "Traktorsozi" klubi yangi mavsum oldidan o'z tarkibini jiddiy ravishda kuchaytirmoqchi.
Yaqindagina Eron terma jamoasi asosiy darvozaboni Alirizo Beyranvand "Traktorsozi"ga o'tishi haqida xabarlar chiqqandi.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, Tabriz klubi O'zbekiston milliy terma jamoasi va Qarshining "Nasaf" klubi himoyachisi SHerzod Nasrullaevga qiziqish bildirmoqda.
Malumot uchun, Nasrullaev bu mavsum "Nasaf" tarkibida barcha musobaqalarda 14 ta o'yinda maydonga tushdi va 3 ta golli pas berdi. O'zbekiston terma jamoasida bugunga qadar 20 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi.
"Traktorsozi"ga tez orada Zinedin Zidanning "Real Madrid"dagi yordamchisi David Bettoni bosh murabbiy bo'lishi kutilmoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar