Ernesto Valverde: “Uchrashuvlar orasi juda tig'iz. Messiga dam berishni o'ylab ko'ramiz”
31 mar 2019 09:45
Yangiliklar
Ernesto Valverde: “Uchrashuvlar orasi juda tig'iz. Messiga dam berishni o'ylab ko'ramiz”
“Uch yil ilgari 29 turdan keyin “Barselona” “Atletiko”dan 8, “Real”dan 12 ochko ilgarilab ketgandik. Oradan to'rt tur o'tgach, bizda xuddi shuncha ochko, “Atletiko”da ham shuncha ochko va “Real” “matraschilar”dan atigi bir ochko kamroq jamg'argandi. Bu holat biz yoki boshqa jamoa bilan ham takrorlanishi mumkin.
O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, raqib o'z jarima maydonchasi oldida zich joylashgan holda himoyalandi. Bu taxlit o'yinda gol urish oson bo'lmaydi. Raqib ochiq o'ynasa, bizda ko'proq imkoniyat bo'ladi. Ko'p jamoalar bizga qarshi beshta himoyachi bilan harakatlanadi va biz ularning fonida yaxshi ko'rinmaymiz.
Taqvimga etibor qaratadigan bo'lsam, biz barcha futbolchilarga etarlicha dam olishlari uchun imkoniyat berishimiz kerak. O'yinlar orasi juda qisqa, shu bois Messiga hordiq chiqarish imkoniyatini beramizmi yo'qmi, o'ylab ko'rishim lozim”, deydi Valverde.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar