Ernesto Valverde: “Ikkita durangdan keyin g'alaba muhim edi”
17 fev 2018 23:15
Yangiliklar
Ernesto Valverde: “Ikkita durangdan keyin g'alaba muhim edi”
“Barselona” bosh murabbiyi Ernesto Valverde “Eybar”ga (2:0) qarshi bahsdan keyin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“So'nggi ikkita bellashuvdagi durangdan keyin bugun g'alabaga erishishimiz muhim edi. “Eybar”ga qarshi safarda o'ynash har qanday klubga qiyinchilik tug'diradi.
Biz raqib tomonidan doimiy bosimni his etdik. Gol urish uchun ko'p kuch sarfladik. Goldan keyin ham o'yin xavfli tus oldi.
Biz ularning yarim himoyasiga muammo yaratishga urindik,sababi ularga hujum qilish imkonini bermasligimiz va bizga muammo tug'dirmasliklari lozim edi.
Mavsumni yuqori kayfiyatda o'tkazayotganimizan xursandman, bu to'g'ri yo'ldan ketayotganimizdan dalolat. SHu ruhda davom etishimiz lozim”, deydi Valverde.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar