Ernesto Valverde: "Barsa"da ishlaganman va Xavini tushunaman"
30 jan 2024 12:27
Yangiliklar
Ernesto Valverde: "Barsa"da ishlaganman va Xavini tushunaman"
Ernesto Valverde mavsum oxirida Xavining "Barselona"dan ketish to'g'risidagi qaroriga munosabat bildirdi.
"Har bir inson hayotiga aloqador qarorlarni o'zi qabul qilishi kerak. Men "Barselona" bosh murabbiyi bo'lish nimaligini yaxshi bilaman va klubdagi vaziyatni ichkaridan ko'rganman. SHuning uchun ham men tushunib turgan ko'plab narsalar bor.
Nima bo'lganida ham Xavi La Liganing amaldagi chempioni ekanligini va u "Barselona" safida qanday o'yinchi bo'lganini unutmasligimiz kerak. Klubni Xavidan yaxshiroq biladigan insonlar unchalik ko'p bo'lmasa kerak. U shunday qarorga kelibdimi, demak, bu hamma uchun to'g'ri va foydaliroq bo'ladi deb hisoblagan".
Eslatib o'tamiz, Ernesto Valverde bugungi kunda "Atletik Bilbao" bosh murabbiyi hisoblanadi. Jamoa uning qo'l ostida 22-turdan keyin 42 ochko bilan 5-pog'onani band etib turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar