Erik ten Xag Manchester Yunaytedning rivojlanishiga nima to'sqinlik qilayotganini aytdi
13 may 09:15
Yangiliklar
Erik ten Xag Manchester Yunaytedning rivojlanishiga nima to'sqinlik qilayotganini aytdi
Manchester Yunayted ustozi Erik ten Xag Arsenalga qarshi uchrashuvdan so'ng jamoaning muammolari haqida fikr bildirdi.
«Har qanday murabbiy yangi ish joyida yaxshi ishlashga harakat qiladi. Ammo men jamoaga ikki yil avval kelganimga qaramasdan hali hech bir uchrashuvda to'liq tarkib bilan maydonga tushmadim. Bizda jarohatlar juda ko'p va buncha jarohat bilan jamoa rivojlanishi imkonsiz.
Agar jamoaning barcha futbolchilari sog' bo'lsa, biz eng zo'rlaridan biri bo'lamiz. Biroq ayni vaqtda biz bunday bo'la olmaymiz, sababi bizda jarohatlagan futbolchilar soni juda ko'p. Bu esa bizning o'yinga tasir ko'rsatmoqda», — dedi Erik ten Xag.
Malumot uchun, MYU joriy mavsum yakuniga bir tur qolganida turnir jadvalida 54 ta ochko bilan 8-pog'onada ketmoqda.
Fikrlar