Enrike: "Yaponiya jismoniy jihatdan kuchli emas, ammo..."
29 noy 2022 19:55
Yangiliklar
Enrike: "Yaponiya jismoniy jihatdan kuchli emas, ammo..."
Ispaniya termasi bosh murabbiyi Luis Enrike JCH-2022 doirasida Yaponiyaga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
"Yaponiyani yaxshi bilamiz, ularni bu erga etib kelguncha ham taxlil qilgandik. Tarkibida sifatli futbolchilari ko'p. Ha, jismonan kuchli emas, ammo juda tez o'yin ko'rsatishadi. Termaning ikki odati bor: agarda jamoa g'alaba qozonishni istamasa, shunchaki taslim bo'lib qo'ya qoladi. Ammo ular mag'lub bo'lib turgan paytda yutishni istasa, katta bosim uyushtiradi.
Bu ikki jihat bugun bizga qarshi ishlashi mumkin. Jahon chempionatining qiyinchiligi ham aynan shunda. Tarkibdagi futbolchilarning katta qismi Bundesligada o'ynaydi. Oson o'yin bo'lishini kutmayapman, shu sababdan bizga g'alaba kerak", - dedi mutaxassis.
Yaponiya - Ispaniya bahsi 1 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar