So’nggi yangiliklar

19:07Расман: Россия футболи тарихидаги энг тезкор гол муаллифи, "Насаф" ярим ҳимоячиси ва "Сурхон" ҳимоячиси "Локомотив" сафига қўшилди  0 18:39"Манчестер Юнайтед" футболчиси совриндор клубнинг устувор мақсадига айланди  0 18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  3 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  4 17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  2 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  14 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  3 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  1 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  4 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  9 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  3 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  1

Eng zo'r marosim Yangiliklar

Eng zo'r marosim

Kecha Osiyo Kubogi-2023ga start berildi.

Qatar

Akram Afif - 45', Almoez Ali - 56', Akram Afif - 90'

Asian Cup Grp. A . 1-tur

12/01/2024, 21:00

0
:
3
Tugadi

Lebanon

Stadion: Lusail Stadium, 82490 tomoshabin

45'
90'
45'  Akram Afif
45'  Almoez Ali
56'  Almoez Ali
56'  Mohammed Waad
57'  Yusuf Abdurisag (Ismael Mohammad)
57'  Hassan Al Haidos (Mostafa Meshaal)
72'  Mohammed Waad (Homam Elamin)
78'  Almoez Ali (Ahmed Alaaeldin)
79'  Abdulaziz Hatem (Jassem Gaber)
86'  Ahmed Alaaeldin
90'  Pedro Miguel
90'  Akram Afif
51'  Mohamad Haidar
70'  Hassan Maatouk (Hilal El-Helwe)
70'  Waleed Shour (Hasan Srour)
70'  Mohamad Haidar (Omar Bugiel)
80'  Bassel Jradi (Gabriel Bitar)
80'  Hasan Srour
87'  Nassar Nassar (Soony Saad)

Qatar hamda Livan terma jamoalari ishtirokidagi dastlabki bellashuvdan oldin musobaqaning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. SHubhasiz, bu men shaxsan qatnashgan ochilish marosimlari ichida eng zo'ri. Qatar tadbirni top darajada o'tkazdi. Unda turli qo'shiqlar bilan birga asosiy urg'u teatrlashtirilgan chiqishga qaratildi. Unda "Kalila va Dimna" (hind eposi)dan parchalar ko'rsatildi. Marosimdagi har bir ishtirokchining liboslari alohida mavzu. Hayvonlarning kiyimlari va bosh qismi hayotdagidek chiqqan, maksimal o'xshatilgan. Qoyil! Marosim jozibali bo'lish bilan birga, unda Falastinni qo'llab-quvvatlashga ham katta etibor qaratildi.

Ochilish marosimidagi liboslar dunyoga mashhur kostyum dizayner Diana Silers tomonidan yaratilgan. 67 yoshli Silers xonim o'z ishining haqiqiy ustasi ekanligiga kecha butun dunyo yana bir bor ishonch hosil qildi.

Qirg'iziston futbol ittifoqi bosh kotibi Nurdin Bukuev (sobiq futzal hakami), O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov hamda O'FA vice-prezidentiOdil Ahmedov ham kecha "Lusayl" stadionida edi.


Stadionda OAV vakillari uchun mo'ljallangan media tribuna. Unda barcha sharoitlar yaratib berilgan.


Qatar amiri SHayx Tamim bin Hamad Al Tani stadionga kirib kelganidan so'ng ochilishning asosiy qismi boshlandi.


Livanlik qo'shiqchi Abeer Nehmi "Kalila va Dimna"dagi cho'l guli "Tanon" rolida chiqish qildi. Qo'shiqchining libosi va dekoraciyani qoyillatishibdi.


Qatar ochilish marosimi uchun kattagina pul sarflagani ko'rinib turibdi. Lekin, pulini oqladi)


Hayvonlarning kiyimi va bosh qismi maskasi maksimal reallikka o'xshatilgan. Ko'zlar ham juda o'xshatilgan. Tadbir ishtirokchilarining liboslari uchun alohida mehr berilgani ko'rinib turibdi.


Marosimda Qatar amiri SHayx Tamim bin Hamad Al Tani (o'rtada), FIFA prezidenti Janni Infantino (chapda) va OFK prezidenti SHayx Salmon (o'ngda) ham ishtirok etishdi.


Qatar termasi sardori Hassan Al Haydos Osiyo kubogi qasamyodini qabul qilish imkoniyatini Falastin termasi sardoriga topshirdi 

Qatar ochilish marosimida Falastin mamlakatini qo'llab-quvvatladi. Musobaqa qasamyodini Falastin sardori Musab Al Battat milliy libosda qabul qildi. Vaholanki, bu ishni odatda mezbon jamoa sardori amalga oshiradi.

Ajoyib mushakbozlik esa tadbirni yanada jozibali bo'lishiga hissa qo'shdi.


Qatar bir yil oldin Jahon chempionatiga mezbonlik qildi. Aynan mundial tajribasi ularga qita birinchiligini ham eng yuqori darajada o'tkazishga yordam bermoqda. JCHdagi metodikalarni mamlakat OKda ham qo'llamoqda. Qatar uchun ushbu musobaqada birinchi o'ringa xavfsizlik qo'yilgan. Har bir ishtirokchi kishi maxsus beyjiklarsiz kerakli joyga kira olmaydi. Futbolchilar va terma jamoa vakillarining xavfsizligiga ham katta etibor qaratilmoqda. Har bir jamoaga ikki nafardan xavfsizlik oficerlari biriktirilgan. Har bir jarayon aynan xavfsizlikka masul insonlar orqali amalga oshiriladi. Bu narsa JCHda ham qo'llangan. Xullas, mundialdagi juda katta tajriba Qatar mamlakatiga qo'l kelmoqda. Tashkilotchilik borasida oldingi barcha qita birinchiliklari ortda qoldirilmoqda, nazarimda.

Bugun O'zbekiston terma jamoasi ham Osiyo Kubogidagi yurishini boshlaydi. Futbolchilarimizga Suriyaga qarshi uchrashuvda omad va zafar tilab qolamiz. Stadiondan qaynoq suratlar va lavhalarni kuting. Eng yaxshilarini sizga ilinamiz.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика