So’nggi yangiliklar

01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  2 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  13

Eng alamli o'yin, eng yaxshi sherik, eng yaxshi murabbiy… Oybek Nurboev eng, eng, eng…larni aniqlaydi Yangiliklar

Eng alamli o'yin, eng yaxshi sherik, eng yaxshi murabbiy… Oybek Nurboev eng, eng, eng…larni aniqlaydi

Qoraqalpoq futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadigan Oybek Nurboev bilan suhbat uyushtirib, eng, eng, eng…larni aniqladik.

- Menga qarshi o'ynagan eng qiyin hujumchi? O'zingiz bilasiz bugungi kunda O'zbekistonda hujumchilar muammosi mavjud. Buni muxlislar, murabbiylar ham takidlashyapti. Men o'zim 21-22 yosh paytimda Anvar Soliev, Zafar Xolmurodovlarga qarshi o'ynadim. Hatto Rivaldoga qarshi o'ynadim. Fikrimcha men qarshilik qilgan eng qiyin hujumchilar bular Soliev va Xolmurodov. Har ikkalasi ham bosh bilan yaxshi o'ynashadi. Standart vaziyatlarda ularga ko'p qarshilik qilganman.

- Maydonda menga eng yaxshi sherik? Eldor Mamatkazin. U bilan birga “Dinamo”da o'ynaganmiz. SHuningdek Ilya Ilinni ham alohida takidlagan bo'lardim.

- Xotiramda qolgan eng esda qolarli o'yin. 2011 yilda Namanganda vodiy derbisida birinchi davraning eng so'ngi o'yini xotiramdan chiqmaydi. Vodiy derbisi qanday o'tishini ko'pchilik biladi. O'sha bahsda biz 2:0 hisobida zafar quchdik. Men o'sha o'yinda Oliy ligadagi ilk golimni urgan edim.

- Eng alamli uchrashuv. 2012 yili kubok doirasida “Lokomotiv” bilan kechgan o'yin eng alamlisi bo'lgan. O'shanda safarda 1:2 hisobida yutqazgandik. Uydagi bahsda 3:2 hisobida yutgan bo'lsak ham keyingi bosqichga chiqa olmay qolgan edik.

- Men bilan ishlashgan eng yaxshi murabbiy bu Yuriy Vazgenovich Sarkisyan.

- Mashg'ulotlari eng qiziqarli kechadigan murabbiy “Cementchi”dagi Abdumalik Hakimov. Uning mashg'ulotlari qiziqarli kechadi. U mashg'ulotlarda yigitlardan alo kayfiyatda yurishlarini ko'proq istaydi.

- Men bilan o'ynagan futbolchilar orasida Mansur Saidovning texnikasi zo'r edi.

- Men rad etgan eng yaxshi taklif? “Qizilqum” jamoasiga taklif etishgan. Biroq buni rad etganman. Bunday afsuslanmayman.


Furqat Yusupov suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика