Endrik "Real"ga o'tganiga munosabat bildirdi
16 dek 2022 10:29
Yangiliklar
Endrik "Real"ga o'tganiga munosabat bildirdi
"Palmeyras" hujumchisi Endrik "Real"ga o'tishi rasman hal bo'lgani haqida taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men Braziliyaning eng buyuk klubi, Janubiy Amerika chempioni, Jahon chempioni va mening qalbimda saqlanib qoladigan "Palmeyras"ga kim bo'lishim uchun zarur bo'lgan hamma narsani bergani uchun minnatdorchilik bildiraman. Orzularimga erishishimga yordam berganingiz hamda mening xohishim va oilamning boshqa orzularni amalga oshirish istagini hurmat qilganingiz uchun rahmat. "Real"ga o'tgunimcha o'zimni "Palmeyras"ga bag'ishlashda davom etaman: bundan ham ko'proq gollar, g'alabalar, unvonlar va muxlislarimiz uchun quvonch onlari", – dedi Endrik "Palmeyras" rasmiy saytiga.
16 yoshli futbolchining transferi "Real"ga 72 million evroga tushdi. Ammo yosh cheklovlari tufayli Endrik Madridga faqat 2024 yilning yozida kelib qo'shiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar