So’nggi yangiliklar

19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  9 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  4 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  4 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  5 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  5 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  6 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  105

Endi Suriya buyog'iga nima qiladi? Yangiliklar

Endi Suriya buyog'iga nima qiladi?

Teglar :  Osiyo KubogiSuriya
Osiyo qitasi JCH-2018 saralash bosqichida ko'pchilikni o'ziga qaratgan jamoa bu Suriya bo'ldi.

Suriya saralash o'yinlarining oxirgi bosqichini bizning guruhda o'tkazdi va oxirgi turda Eron bilan 2:2 o'ynab, uchinchi o'rinni oldi va pley-off bosqichiga yo'l oldi. Aslida-ku, Suriyaning pley-offgacha etib kelishiyoq katta voqeilik bo'ldi, butun Osiyo ularni diqqat bilan kuzatib turdi. 

Suriya pley-offda Avstraliyaga qarshi ikkita bahs o'tkazdi. Birinchisida 1:1 qayd etgan bo'lsa, Sidneydagi javob uchrashuvida 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. O'sha o'yinni ko'rganlar bilishadi: agar oxirgi daqiqalarda Omar Al Soma jarima to'pidan gol urganida bormi, balki Suriya Gonduras bilan bahsga tayyorgarlik ko'rarmidi. 

Xullas, Suriya ertagi tugadi va endilikda bir savol qiziqtiryapti: jamoa buyog'iga nima qiladi? OFK sayti xodimlari ushbu savolga javob berishga harakat qilib ko'rishdi. 


Keyingi manzil - Osiyo Kubogi-2019

Endilikda suriyalik murabbiylar oldidagi vazifa terma jamoani Osiyo Kubogi-2019ga tayyorlash bo'ladi. Malumki, navbatdagi Osiyo chempionati 2019 yilning yanvarida BAAda bo'lib o'tadi. Ushbu musobaqada Suriya o'z tarixida oltinchi bor ishtirok etadi. Agar Suriya Osiyo Kubogida ham JCH saralash bosqichidagidek o'yin ko'rsatsa, ulardan hatto yarim finalga qadar etib borishi mumkin. 

Bundan tashqari, oxirgi to'rt o'yinda uchta gol urgan Al Soma terma jamoaga chaqirilib tursa, undan har narsa kutish mumkin. Aytgancha,  Al Soma shu paytgacha o'z klubi "Al Ahli" safida 108ta uchrashuvda maydonga tushib, 111ta gol urgan. 

Boshqa iqtidorlar 

Omar Al Soma - kuchli hujumchi, lekin bu Suriya tarkibi faqat shu futbolchidan iborat degani emas. Aynan saralash o'yinlari orqali muxlislar Omar Xrbin, Mahmud Al Mavas, Firas Al Xatib kabi nomlarni ham bilib olishdi. Endilikda Al Soma singari Omar Xrbin ham Saudiya chempionatida to'p tepmoqda. Uning klubi - "Al Hilol". 23 yoshli futbolchi "Al Hilol" bilan bu mavsum Osiyo chempionlar ligasida g'olib chiqishni maqsad qilgan. 

Garchi jahon chempionatiga chiqish orzusi ushalmagan bo'lsa-da, suriyaliklar terma jamoa ko'rsatgan o'yindan xafa bo'lishmadi. Ular mamlakatda futbol yanada yuksalishiga ishonishmoqda. Bundan o'n yillar muqaddam "Al Karama" klubi OFK Kubogi va Osiyo chempionlar ligasidagi ishtirok tufayli ko'pchilik etiborini o'zini tortgandi. Endi bo'lsa Damashqning "Al Vahda" klubi xalqaro musobaqalarda o'zini ko'rsatishga harakat qilyapti. 

Mamlakatdagi siyosiy notinch vaziyatni hisobga olmaganda, Suriyada futbol avvaldan bo'lgan va hozir ham bor. Garchi milliy terma jamoa uy uchrashuvlarini betaraf maydonda o'tkazayotgan bo'lsa-da, muxlislar imkon qadar borib qo'llab-quvvatlashga harakat qilishmoqda. Ularning fikricha, jamoaning hozirgi avlodiga ishonch katta va Osiyo Kubogida Suriyadan ko'p narsa kutsa bo'ladi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика