Enco Fernandes "CHelsi" Joau Feliksni doimiy sotib olishini istaydi
25 fev 2023 19:39
Yangiliklar
Enco Fernandes "CHelsi" Joau Feliksni doimiy sotib olishini istaydi
Argentina terma jamoasi safida Jahon chempionatida ajoyib o'yin ko'rsatib barchaning etiborini tortgan Enco Fernandes qishki transferlar oynasining eng yirik xaridiga aylandi.
Yarim himoyachi xuddi u kabi yanvarda "ko'klar" azosiga aylangan portugaliyalik Joau Feliksni "CHelsi" butunlay sotib olishi kerak, deb hisoblaydi. SHuningdek, Fernandes jamoa muxlislarini sabrli bo'lib, Grem Potterni qo'llab-quvvatlashga chaqirdi.
Klub tarafdorlarining bir qismi allaqachon CHempionlar Ligasi titulini keltirgan Tomas Tuxelning bo'shatilishi evaziga olib kelingan Grem Potterning istefosini talab qilib chiqdi.
"Stemford Brij" egalari Potter qo'l ostida o'tkazilgan 25 o'yinning atigi 9 tasida yutdi, APLda 10-o'ringa tushib ketdi va CHempionlar Ligasi 1/16 final bosqichi birinchi bahsida "Borussiya" Dortmundga mag'lub bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar