So’nggi yangiliklar

12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   3 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  16 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  6 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  24

Emiliu Peyshi: "O'zbekiston turnir favoritlaridan biri hisoblanadi" Yangiliklar

Emiliu Peyshi: "O'zbekiston turnir favoritlaridan biri hisoblanadi"

Kuvayt U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Emiliu Peyshi O'zbekistonga qarshi o'yin (0:5)dan keyingi matbuot anjumanida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'zbekiston kuchli jamoa va turnir favoritlaridan biri sanaladi. 

Bu kabi turnirlarda qatnashish futbolchilarimiz uchun tajriba orttirishga va kelajakda kuchki jamoa shakllantirishga xizmat qiladi.

Kuchli jamoa shakllantirish uchun ko'proq ishlashimiz kerak. Beshta gol o'tkazib yuborish biroz ko'ngilsizlik olib keldi, biroq Malayziyaga qarshi o'z o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz.

Raqib xavfli hujumlarini cheklash maqsadida himoyaviy taktika ishlab chiqqandik, ammo o'yin mobaynida ko'p xatoga yo'l qo'ydik.

Ikkinchi bo'limda hujumkor o'yin namoyish etdik, biroq O'zbekiston bo'shliqlardan unumli foydalanib, yana bir necha bor darvozamizga to'p kiritdi", — dedi portugaliyalik mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, O'zbekistonga qarshi mag'lubiyatdan so'ng Kuvayt musobaqa bilan erta xayrlashdi. Jamoa 3-turni Malayziyaga qarshi o'tkazadi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика