Emeri: "Endi hakamlar PSJni "Barselona"ga qarshi uchrashuvdagidan ko'ra ko'proq hurmat qilishadi"
07 jan 2018 17:38
Yangiliklar
Emeri: "Endi hakamlar PSJni "Barselona"ga qarshi uchrashuvdagidan ko'ra ko'proq hurmat qilishadi"
PSJ bosh murabbiyi Unai Emeri o'tgan mavsum "Barselona"ga qarshi bo'lib o'tgan CHempionlar ligasi uchrashuvi haqidagi savolga javob berdi.
O'z uyida 4:0 hisobida g'alaba qozongan parijliklar, mehmonda 1:6 hisobida mag'lub bo'lishdi va turnirni tark etishdi.
"Bu to'qnashuvni ikki qismga bo'lish lozim. Birinchi uchrashuvda raqib ustidan ishonchli g'alabaga erishdik, "Kamp Nou"da esa xuddi shu jamoaga mag'lub bo'ldik. Bizga bog'liq bo'lmagan yana bir jihat bor edi - hakamlik.
Hakamlar top-klublarni hurmat qilishadi. Bir yil o'tib vaziyat o'zgardi. Endi top-klublar bilan bemalol kurasha olamiz, endi bizni Evropa va butun dunyoda hurmat qilishmoqda. Bundan tashqari, hakamlar ham bizni ko'proq hurmat qila boshladi" - deydi Emeri.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar