Elektrosamokatda ayolni urib ketib, uning o'limiga sababchi bo'lgan "Renn" hujumchisiga sud hukmi o'qildi
24 avg 12:45
Yangiliklar
Elektrosamokatda ayolni urib ketib, uning o'limiga sababchi bo'lgan "Renn" hujumchisiga sud hukmi o'qildi
"Renn" hujumchisi Matis Lamburd elektrosamokatda odam urib ketdi va uning o'limiga sababchi bo'ldi.
18 yoshli Lamburd o'zi istamagan xolda odamning o'limiga sababchi bo'lgani uchun 2 yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi. Unga etti yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin edi.
Hujumchi 2024 yilning 18 iyun kuni 51 yoshli ayolni elektrosamokatda urib ketgan ikki shaxsning biri edi. Ayol olti kun o'tib olingan jarohatlardan vafot etdi.
Malum bo'lishicha, transport vositasini futbolchi boshqargan. Tunda Renn markazida harakatlanish uchun yopilga ko'chada u trotuarda harakatlanayotgan edi va 20 km/soat tezlikda ayolni urib ketadi. Elektrosamokat sug'urtalanmagan va futbolchining otasini nomida bo'lgan.
Futbolchi ayolning oilasidan kechirim so'radi.
Fikrlar