Eldorbek Suyunov: "Mehnatlarimiz samarasini bo'lajak o'yinlarda ko'ramiz"
31 avg 2015 09:00
Yangiliklar
Eldorbek Suyunov: "Mehnatlarimiz samarasini bo'lajak o'yinlarda ko'ramiz"
"Tayyorgarliklar ko'tarinki ruhda o'tmoqda. Hamma murabbiyning o'z uslubi bo'lgani kabi Samvel Babayanning ham g'oyalari boshqalarnikidan farq qiladi. Mashg'ulotlar jarayonida har taraflama o'zgarishlarni ko'rish mumkin. Umuman barchasi yaxshi va qiziqarli kechmoqda. Har bir poziciyada kuchli raqobat mavjud. Xususan darvozabonlar o'rtasida ham sog'lom raqobat vujudga kelgan. Asosiy tarkibga tushish uchun barchaning imkoniyatlari teng deb o'ylayman. Kimning maydonga tushishi muhim emas, asosiysi g'alaba qozonishimiz kerak. Xudo xohlasa muxlislarga g'alabani taqdim etamiz. Bo'lajak o'yinlarda maksimal ochko to'plashimiz lozim. Mashg'ulotlardagi mehnatlar samarasini endi Yaman va Filippinga qarshi o'yinlarda ko'ramiz", - deydi Eldor Suyunov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar