So’nggi yangiliklar

10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  0 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  5 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  3 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  8 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  8 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  14 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  4 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1

Eldor Suyunov: "Terma jamoada ham murabbiylar ishonchini oqlashga harakat qilaman" Yangiliklar

Eldor Suyunov: "Terma jamoada ham murabbiylar ishonchini oqlashga harakat qilaman"

"Nasaf"ning iqtidorli posboni Eldor Suyunov bu yilgi mavsumda o'zining ochilmagan qirralarini yaqqol namoyon etmoqda desak mubolag'a bo'lmaydi.
Bo'y basti uzun bo'lgan posbon "Nasaf"da namoyish etayotgan ishonchli o'yinlaridan keyin milliy terma jamoa yig'inlariga ham taklif etildi. Xabaringiz bor, terma jamoamizning asosiy posboni Ignatiy Nesterov yaqinda jiddiy jarohat olib, o'yindan tashqari xolatga tushib qoldi. SHu bois terma jamoamizning sentyabr oyida Iordaniya bilan bo'lib o'tadigan muhim bahsidan oldin katta muammo yuzaga keldi. Endilikda ushbu bo'lajak bahslar oldidan Murod Zuhurov, Aleksandr Lobanov hamda Eldor Suyunovga bu borada asosiy nomzod sifatida qaralmoqda.

Biz yaqinda, aniqrog'i, milliy terma jamoamizning Iordaniya safariga jo'nab ketishi oldidan "Nasaf"ning 22 yoshli posboni Suyunov bilan suhbatlashdik.

"Turkiya bilan o'yin bekor qilingach, murabbiylar shtabi yoshargan tarkibni elon qilib, unda meni ham Toshkentdagi qisqa muddatli yig'inga taklif etdi. Bu chorlovdan albatta juda xursand bo'ldim. O'sha paytda men yaxshi bilgan bir qator futbolchilar ham yig'inda ishtirok etgani bois o'zimni yolg'iz xis qilmadim. Hammasi yaxshi kechdi. Ammo ikkinchi yig'inga, yani Iordaniya bilan o'tadigan uchrashuv oldidan tashkil etilgan yig'inga kelganimda, o'zimni biroz boshqacha xis etmoqdaman. Nasafdagi kabi emasda baribir. Balki bunga keyinchalik ko'nikib ketarman. Bu safar terma jamoa salobati bosmoqda. Masuliyat ikki xissa yuqori deyish mumkin", - deydi Nasaf posboni.   

"Afsuski Nesterov muhim o'yinlar oldidan safdan chiqdi. Bu posbonni O'zbekiston milliy terma jamoasining ajralmas bir bo'lagi deb bilaman. Terma jamoaning shu ergacha etib kelishida uning xizmati katta bo'lgan. Nesterovning mahoratiga hech qanday shubham yo'q. Birinchi raqamli darvozabon".

"Buni avvalo murabbiy hal qiladi. Kim maydonga tushish-tushmasligini muhokama qila olmayman. Kim o'ynasa ham, asosiysi vatan jamoasi uchun foyda keltirsin. Mashg'ulotlarda barcha barobar ishlamoqda. Bu borada hammamizning imkoniyatimiz teng. Qolaversa, darvozabonlar murabbiyi Pyotr Gizimchuk uchchala posbonga ham bir xil munosabatda bo'lmoqda. Iordaniyada darvozani kim qo'riqlashini, o'sha kuni bilamiz. Agarda murabbiylar Iordaniya bilan o'yinlarda darvozani menga ishonib topshirishsa, bor kuchimni ishga solaman va ishonchni oqlashga harakat qilaman".


Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика