Eldor SHomurodovning "Salernitana"ga transferi barbod bo'lishining sababi ochiqlandi
06 fev 2024 09:22
Yangiliklar
Eldor SHomurodovning "Salernitana"ga transferi barbod bo'lishining sababi ochiqlandi
O'zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor SHomurodov qishki transfer oynasi so'nggi kunida A Seriyadagi jamoasini o'zgartirishga yaqin edi.
Insayder Nikola Skiraning yozishicha, "Salernitana" klubi 31 yanvardan 1 fevral kuni oxirigacha SHomurodovni yarim yilga ijaraga olish bo'yicha "Roma" bilan muzokara olib borib, so'nggi soatlarda kelishuvga erishgan. Ammo "Kalyari" klubi so'nggi pallada o'zbekistonlik forvardni mavsum yakuniga qadar o'z tarkibida olib qolishga qaror qilgan. Natijada, hujumchining "Salernitana"ga o'tishi amalga oshmay qolgan.
Avvalroq, "Kalyari" klubi hozirda jarohatini tiklab, safga qaytishga yaqin bo'lgan Eldor bilan qishki transfer oynasida xayrlashishga qarshi emasligi haqida xabarlar tarqalgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar