Eldor Shomurodov tanqidchilarga javob qaytardi
23 mar 21:44
Yangiliklar


Eldor Shomurodov tanqidchilarga javob qaytardi
O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov penalti bilan bog'liq tinimsiz tanqidlar fonida o'z munosabatini bildirishga qaror qildi.
Terma jamoa sardori JCH saralashi doirasidagi Qirg'iz Respublikasi bilan o'yinda penaltini golga aylantira olmagani uchun ijtimoiy tarmoqlarda ko'plab tanqidlarga uchradi. Yakunda tajribali hujumchi "Penalti tepishni o'rgan" deyilgan izohlarga quyidagicha javob berdi:
"Xo'p o'rganaman, bugundan".
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun Tehronga etib bordi. Milliy jamoa 25 mart kuni JCH-2026 3-saralash bosqichi 8-turi doirasida forslarga qarshi o'ta muhim bahsda maydonga tugadi. Uchrashuv 21:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Atletic ga oxirgi minutda gol urib Romaga galaba keltirganda Xuddi Uzb tj si safida gol urgandek xursand bulgandim deganlar endi Eldordan yomon futbolchi yuq deb tanqid qilishyapti
shunchaki qoyil qolaman shu xameelonlarga
ОМАД УЗБЕК УГЛОНИ ОЛИМПИК СТАДИОНИДА МУХЛИСЛАР ШОМУРОДОВ ДЕБ СТАДИОННИ ЛАРЗАГА КЕЛТИРИШИНИ УЗИ БИЗ УЧУН БАХТ! Элдор узбек футболини фахрисан! Шахсан ман сан билан фахрланаман!!! Ёшлигингда хам ута камтар эдинг...