So’nggi yangiliklar

02:03Ла Лига. "Атлетико" "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда 84-дақиқада гол ўтказиб, ғалабани қўлдан бой берди  2 02:00А Серия. "Фиорентина" 3та пенальти голга айланмаган ўйинда "Милан"ни мағлуб этди, ҳакам 2та қизил карточка кўрсатди, Де Хеа эса учрашув қаҳрамонига айланди!  3 01:55Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Ницца"ни ютолмади  0 00:34Ўзбекистон кубогининг янги эгаларига аталган карикатура  0 23:24Хендерсон АПЛга қайтиши мумкин  0 23:09РПЛ. ЦСКА Москва дербисида "Динамо"ни мағлуб этди, Файзуллаевдан навбатдаги гол  6 23:06А Серия. "Рома" "Монца" билан дуранг ўйнади, Шомуродов 86-дақиқада захирадан туширилди  13 22:57БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" меҳмонда "Ал Айн"ни мағлуб этди, Эркинов захирада қолдирилди  2 22:50Футзал бўйича ЖЧ. Украинлар Тошкентдаги "жанг"да ғалаба қозонишди, Бразилия чемпион!  1 22:34Бундеслига. "Бавария" 6та тўп киритилган ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  7 22:26АПЛ. "Брайтон" "Тоттенхэм"га қарши ўйинда 0:2ни 3:2га ўзгартирган ҳолда камбэк қайд этди  3 22:03Лига 1. "Ланс" меҳмонда "Страсбур" билан жанговар дуранг ўйнади, Ҳусанов баҳсда доимгидек тўлиқ ҳаракат қилди  8 21:45Футзал бўйича ЖЧ-2024. Бразилия Аргентинани мағлуб этиб, олти карра жаҳон чемпионига айланди  6 21:17Ла Лига. Левандовскининг 25 дақиқа ичида қайд этган хет-триги "Барселона"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  16 21:13Эрон чемпионати. "Фулад" меҳмонда "Тракторсози"ни мағлуб этди, Юсупов тўлиқ ҳаракат қилди  4

LaLiga. Messisiz o'ynagan "Barselona" mehmonda g'alabaga erishdi Yangiliklar

LaLiga. Messisiz o'ynagan "Barselona" mehmonda g'alabaga erishdi

Ispaniya chempionati 20-turidan o'rin olgan navbatdagi bahs yakuniga etdi.

Elche

LaLiga . 20-tur

24/01/2021, 19:15

2
:
0
Tugadi

Barcelona

Frenkie de Jong - 39', Ricard Puig - 89'

Stadion: Estadio Martinez Valero, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Valentin Pizarro

45'
90'
74'  Raul Guti (Tete Morente)
75'  Emiliano Ariel Rigoni (Luismi)
82'  Victor Rodriguez (Nino)
39'  Frenkie de Jong
68'  Sergio Busquets
74'  Ousmane Dembele (Trincao)
84'  Antoine Griezmann
87'  Pedri (Ricard Puig)
89'  Ricard Puig
89'  Frenkie de Jong


"Elche" – "Barselona" 0:2

"Martines Valero"

Gollar: 0:1 – 39 de Yong, 0:2 – 89 Puch.

"Elche": Badiya, Moxika, Verdu, Barragan, Diego Gonsales, Guti (Morente, 74), Rodriges (Nino, 82), Markone, Xosan, Rigoni (Luismi, 75), Boye.

"Barselona": ter Stegen, Arauxo, Alba, Mingesa, Umtiti, Buskets, de Yong, Dembele (Trinkau, 74), Pedri (Puch, 87), Breytueyt, Grizmann.

Ogohlantirishlar: Buskets (68), Grizmann (84).



UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.

89. GOOOOL! Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Riki Puch De Yongning havolatib uzatgan pasiga boshi bilan zarba berdi va darvozani ishg'ol qildi. 0:2!

87. ZARBAAA! Trinkauning bosh bilan bergan zarbasidan so'ng "Elche" posboni seyv ijro etdi.

84. Sariq kartochka. Grizmann raqibiga nisbatan juda qo'pol o'ynadi.

80. Agar "Barselona" juda qo'pol xatoga yo'l qo'ymasa uchrashuv taqdiri hal bo'lgan. "Elche" hujumga o'ta olmayapti va 0:1 hisobiga rozidek harakat qilyapti.

73. Pedri jarima maydonchasi ichiga kirib, to'pni jamoadoshiga uzatishga urindi, ammo to'p raqib futbolchisining qo'liga tegdi. Hakam hech qanday penalti yo'qligini ko'rsatdi.

71. "Elche" gol o'tkazib yuborgan bo'lsada katta kuch bilan hujumga o'tmayapti, chunki "Barselona" bunga imkon bermayapti.

67. LaLiga onlayn jadvaliga etibor beradigan bo'lsak, ushbu o'yin orqali ochkolari sonini 37taga etkazib oladi va yana uchinchi o'ringa chiqib oladi. Ikkinchi o'rinni 19ta bahsda 40 ochko to'plagan "Real" egallab turibdi. Jadvalda "Atletiko" etakchilik qilmoqda. Madrid klubi 17ta o'yinda 44 ochko to'plashga muvaffaq bo'ldi.

56. XAVFLI VAZIYAT! "Elche" futbolchisi raqib darvozaboni bilan birga-bir chiqdi, ammo duelda posbon g'olib chiqib, jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.

51. "Elche" hujumga o'tdi, ammo Raulning asosiy bo'lmagan chap oyog'i bilan bergan zarbasidan so'ng to'p maydonni tark etdi.

47. Alba chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi va to'pni markazroqqa uzatdi, ammo to'pni darvozaga burib yuboradigan futbolchi topilmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


TANAFFUS

39. GOOOL! "Barselona" hisobni ochdi. Breytueytning qanotdan uzatgan to'pini Rigoni o'z darvozasiga burib qo'ydi, kirib ketayotgan to'pga De Yong chiziq ustidan zarba berdi. Gol kimning hisobiga yozilgani hozircha aniq emas.

36. Grizmann ijrosidagi jarima zarbasi va Pedrining ikkinchi zarbasi ham muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

35. Dembele "Elche" jarima maydonchasi yaqinida yiqitildi.

34. ZARBAAA! Busketsning aniq, biroq kuchsiz zarbasi darvozaga to'g'ri bordi. Posbon esa to'pni biroz qiyinchilik bilan ushlab oldi.

32. "Barselona" to'pga egalik qilish bo'yicha ustun bo'lsada hujumda futbolchilar bir-birini tushunmayapti. Uzatmalarda xatolar sodir bo'lmoqda.

29. ZARBAAA! Dembelening qanotdan amalga oshirgan uzatmasi jarima maydonchasi tashqarisidagi Albaga etib bordi, Xordi to'pni to'xtatmay unga zarba berdi, ammo to'p darvoza yonidan o'tib ketdi.

25. Dembele bir necha raqibini aldab, jarima maydonchasiga yorib kirishga urindi, ammo himoyachilar Usmonni kutib olishda xatoga yo'l qo'yishmadi.

20. ZARBAAA! "Elche" hisobni ochishi mumkin edi, ammo qanotdan uzatilgan to'pni Rodriges boshi bilan darvozaga burishda xatoga yo'l qo'ydi, aks xolda...

17. Raqibning xatosidan so'ng Grizmann to'pni olib qo'ydi va to'pni havolatib jamoadoshlariga uzatdi, biroq zarba berishga Kataloniya klubi futbolchilarining  bo'yi etmadi.

13. "Elche" hujumga o'tdi, ammo qanotdan uzatilgan to'pni darvoza to'riga joylaydigan futbolchi topilmadi.

11. To'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik mehmonlar tomonda bo'lishiga qaramay "Barselona" hozircha golga tortadigan hujum amalga oshira bilmadi.

6. Jamoada bir qator etakchilar yo'qligiga qaramay "Barselona" to'pga egalik qilish bo'yicha ustunlikk ega va paslar ham aniq bo'lmoqda.

2. Kataloniya klubi safida katta yo'qotishlar bor: Koutino (jarohat), Fati (jarohat), Messi (diskvalifikaciya), Pike (jarohat), Roberto (jarohat) bugungi bahsda ishtirok eta olmaydi.

1. Uchrashuv boshlandi.

- Saytimizning o'quvchilariga "Assalomu alaykum" deymiz va "Elche hamda "Barselona" o'rtasidagi uchrashuvning matnli translyaciyasini boshlaymiz.

"Elche" – "Barselona"

20.15, "Martines Valero"

"Elche" – Badiya, Moxika, Verdu, Barragan, Diego Gonsales, Guti, Rodriges, Markone, Xosan, Rigoni, Boye.

"Barselona" – ter Stegen, Arauxo, Alba, Mingesa, Umtiti, Buskets, de Yong, Dembele, Pedri, Breytueyt, Grizmann.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика