So’nggi yangiliklar

19:07Расман: Россия футболи тарихидаги энг тезкор гол муаллифи, "Насаф" ярим ҳимоячиси ва "Сурхон" ҳимоячиси "Локомотив" сафига қўшилди  0 18:39"Манчестер Юнайтед" футболчиси совриндор клубнинг устувор мақсадига айланди  0 18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  3 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  4 17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  3 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  15 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  3 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  1 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  4 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  9 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  3 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  1

Ektor Kuper: "O'zbekiston qanday jamoa ekanini oldindan bilardik. Natijadan qoniqdim" Yangiliklar

Ektor Kuper: "O'zbekiston qanday jamoa ekanini oldindan bilardik. Natijadan qoniqdim"

Osiyo kubogi birinchi turidan o'rin olgan O'zbekiston - Suriya (0:0) uchrashuvidan so'ng Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper matbuot anjumanida qatnashdi.

- Janob Kuper, o'yin haqidagi fikringiz qanday?

- Juda qiyin raqibga qarshi o'ynadik. O'zbekiston bir murabbiy bilan uch yildan beri o'ynayotgan jamoa hisoblanadi, tarkibda Evropada o'ynaydigan o'yinchilar ko'p. Men yigitlarimdan faxrlanaman. Ular berilgan topshiriqlarning barchasini zo'r bajarishdi. Natijadan qoniqdim. Keyingi o'yinda ochkolar qo'lga kiritib, keyingi bosqichga yo'l olamiz deb o'ylayman.

- Uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi Ahmad Madaniyaning o'yin haqidagi fikri qanday?

- Hammaga rahmat. O'zbekiston qanday jamoa ekanini bilardik. Barcha jamoadoshlarimga rahmat aytmoqchiman. Keyingi bosqichga chiqish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.

- Janob murabbiy, Suriya O'zbekistonga qarshi juda yaxshi futbol o'ynadi. Birinchi o'yinligiga qaramay, jamoa yaxshi ko'rindi. Al Soma Suriyaning eng zo'r hujumchisi hisoblanadi. Nega Omar Al Soma jamoaga chaqirilmadi? 

- Qaysidir o'yinchilar bizning uslubimizga tez ko'nikib ketishdi. Bazi o'yinchilar esa yo'q. Balki, Omar Al Soma aynan shu sabab bilan jamoaga chaqirilmagandir. Men avvalroq bu masalaga to'xtalgandim. Bu texnik qaror edi. Futbolchi murabbiyning uslubiga tushishi lozim.

- O'zbekiston termasi maydonda beshta yarim himoyachi bilan o'ynadi. Siz bu narsani bilishingiz kerak edi. O'yinning oxiriga qadar siz himoyaviy o'yin ko'rsatdingiz. Nega bunday bo'ldi?

- Har bir murabbiy o'yindan oldin o'z rejasini aniqlab oladi. Murabbiy sifatida qisqa vaqt ichida nimanidir o'zgartirishim qiyin edi. Har bir o'yinda jamoamiz uslubini to'liq o'zgartira olmaymiz. Ularda kuchli o'yinchilar borligini bilardik. Umuman olganda, men o'yinimizdan qoniqdim.

- Birinchi turdan keyin guruhdagi vaziyat haqida qanday fikrdasiz?

- To'rtta jamoada ham imkoniyat bor. Avstraliyaga qarshi o'yin juda qiyin bo'lishini bilamiz. Bugungi xatolarimizni ko'rib chiqamiz va keyingi raqib bilan o'yinga tayyorlanamiz. 

- O'yinchiga savol. Keyingi raqib Avstraliya. Bu o'yin haqida nima deya olasiz?

- Avstraliya juda qiyin raqib. Biz keyingi kunlarda ularning Hindistonga qarshi o'yinlarini qayta tomosha qilamiz va analiz qilamiz. Albatta, bu o'yinda kerakli natija qayd etishga harakat qilamiz.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика