So’nggi yangiliklar

01:59Миллатлар лигаси. Англия она диёрида мағлуб қилинди ва бошқа натижалар  4 01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  7 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  7 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  16 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  69 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  31 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  27 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  110 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  46 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  699 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  3

Ekspert tahlili: Yaponiya Yangiliklar

Ekspert tahlili: Yaponiya

Yaponiya terma jamoasi o'z tarixida oltinchi marta jahon chempionatida ishtirok etadi.

Terma jamoa ustozi Akira Nishino 23talik ro'yxatni elon qildi va tarkibdan bir qator nomdor futbolchilar o'rin olgan. JCH-2002 va 2010da yaponlar guruhdan chiqishni uddalay olishgandi. Xo'sh, bu safar nima bo'ladi?

OFK sayti yaponlar bo'yicha ekspert sifatida mashhur jurnalist Etsuko Motokavaga murojaat qilishdi. Malumot uchun, Motokava 24 yildan beri futbolni yoritadi. U birinchi marta 1994 yilgi jahon chempionatini ko'rgan. U bir nechta nashrlar hamda saytlar uchun futbol haqida maqolalar yozadi.

- Yaponiyani navbatdagi jahon chempionatida nima kutmoqda?
- Agar guruhdan chiqa olsak, buni qoniqarli natija desak bo'ladi.

- Jahon chempionatida munosib ishtirok etish uchun nima qilish kerak?
- Yaponiya yaxshi qatnashishi uchun avvalo metin himoyaga ega bo'lishi kerak. Guruhimizdagi raqiblar butunlay boshqa saviyadagi jamoalar (Yaponiya guruh o'yinlarini Kolumbiya, Senegal va Polshaga qarshi o'tkazadi). 2010 yilgi JCHdagi kabi himoyaga katta etibor berishimiz kerak.

- Barchaning diqqat-markazida bo'ladigan o'yinchi kim?
- Bosh murabbiy Akira Nishino asosiy o'yinchi Keysuke Xonda bo'ladi dedi. Men ham shu fikrdaman. Menimcha Yaponiya mundialda 3-4-3 sxemasi bo'yicha harakat qiladi. Bu taktika 4-2-3-1ga ham o'zgarishi mumkin. Xonda futbolchilar orasida chap oyoqda o'ynaydigan yagona futbolchi. SHu tomonlama ham u ajralib turishi mumkin.

- Qaysi jahon chempionati ko'proq yodingizda qolgan?
- Agar natijalar bo'yicha oladigan bo'lsam, 2010 yil JARda o'tkazilgan musobaqa. O'sha turnirda Xonda, Nagatomo, Xasebe, Kavashima kabi futbolchilarimiz porlagandi. SHuningdek, 2002 yilgi JCHni ham unutib bo'larkanmi. Bizda ajoyib bosh murabbiy bor edi: Filipp Truse.  

- O'tmishda o'ynaganlardan kim hozirgi jamoaga mos tushgan bo'lardi deb hisoblaysiz?
- Markus Tulio Tanaka. U nihoyatda kuchli himoyachi bo'lgan. Markus asli yaponiyalik emas, lekin terma jamoada o'ynab ko'p narsa berdi. U doim to'g'riso'z bo'lgan. Esimda, JCH-2010ga ketishdan oldin bo'lgan yig'ilishda biz boshqalarga qaraganda kuchsizmiz deb ro'y-rost gapirgandi.

- Sizningcha, Yaponiyaning boshlang'ich tarkibi qanday ko'rinishda bo'ladi?
- 3-4-3 sxemasida o'ynasak kerak. Darvozabon: Eyji Kavashima. Himoya: Maya Yoshida, Makoto Xasebe, Tomoaki Makino. Yarim himoya: Genki Xaraguchi, Xotaru Yamaguchi, Ryota Oshima, Yuto Nagatomo. Hujum: Keysuke Xonda, Yuya Osako, Takashi Usami.

- Guruh o'yinlarida taxminingiz?
- Kolumbiya bilan 0:0, Senegalni 1:0 yutamiz, Polshaga 1:2 yutqazamiz.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика