So’nggi yangiliklar

13:35Беллингем ва Камавинга "Реал"нинг ЕЧЛ учун қайдномасига киритилган ҳамда "Қайрат"га қарши ўйнаши мумкин  0 13:08Гвардиола мураббий сифатида топ-лигалардаги 600-ўйинида қатнашди. Ғалабалар фоизи сизни ҳайратда қолдиради  2 12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  6 12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  0 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  4 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  3 11:20Дориев, Норчаев, Яшин, Йўлдошев ва бошқалар... Суперлига 21-тур рамзий терма жамоаси  1 11:04Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиёнинг номдор жамоасига қарши баҳс олиб боради  0 10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  4 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  9 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  7 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   12

Ekspert tahlili: Avstraliya Yangiliklar

Ekspert tahlili: Avstraliya

Avstraliya terma jamoasi o'z tarixida beshinchi marta jahon chempionatida ishtirok etadi. "Sokkeruzlar" 2006 yilgi mundialda musobaqaning 1/8 finaliga qadar borishgandi.

Xo'sh, bu safar nima bo'ladi? Avstraliya navbatdagi JCHda qanday natija ko'rsatadi? OFK sayti xodimlari bu borada 15 yildan beri jurnalist sifatida ishlab kelayotgan Sebastyan Xassettga murojaat qilishdi. Ushbu jurnalist Sydney Morning Herald nashrida, shuningdek, SBS telekanalida hamda The World Game veb-saytida faoliyat yuritmoqda.

- Avstraliyani navbatdagi jahon chempionatida nima kutmoqda?
- Jahon chempionatiga borish hammaga ham nasib etavermaydi. Bu dunyodagi eng katta musobaqa. Qura tashlanganidan so'ng terma jamoamiz guruhdan ikkinchi o'rin bilan chiqsa kerak deb o'ylagandim. Lekin mundialga oz qolganida murabbiylar shtabida yuz bergan o'zgarish, Bert van Marveykning kelishi voqealar rivojini tubdan o'zgartirib yubordi. SHunday ekan, buyog'iga nima bo'lishini aytish qiyin.

- Jahon chempionatida munosib ishtirok etish uchun nima qilish kerak?
- Avstraliyaning himoyasida muammolar bor, ayniqsa chap va o'ng qanotda. Agar jamoa bu muammoni hal qilmasa mundialda katta qiyinchilikka duch keladi. Hatto jamoa sardori Mayl Edinak ortga qaytib o'ynagani bilan baribir qanot himoyasida bo'shliq kuzatilyapti.

- Qaysi futbolchi hammaning diqqat-markazida bo'ladi?
- Met Rayan oxirgi yillarda katta o'sishga erishdi. U ajoyib darvozabon. Met JCH saralash bahslari hamda Osiyo Kubogida o'zini har tomonlama ko'rsata oldi. U Belgiya, Ispaniyada faoliyat olib bordi. Endi bo'lsa Angliyada ham o'zini ko'rsatishga intilyapti. Menimcha, ushbu musobaqada terma jamoaning asosiy futbolchisi aynan Met Rayan bo'ladi.

- Qaysi jahon chempionati ko'proq yodingizda qolgan?
- Albatta, 2006 yilgi mundial. Axir biz guruhdan chiqishni uddalagandik. Guruhimiz kuchli edi: Braziliya, Xorvatiya, Yaponiya. Ammo biz vazifani uddalay olganmiz. Ayniqsa Xarri Kyuellning Xorvatiya darvozasiga kiritgan to'pi hamon yodimda.

- O'tmishda o'ynaganlardan kim hozirgi jamoaga mos tushgan bo'lardi deb o'ylaysiz?
- Avstraliyaga jahon darajasidagi futbolchi etishmayapti. SHunday futbolchi kerakki, istalgan paytda o'yinni o'zgartira olsin. Jamoamizda oldin shunday futbolchi bor edi: Mark Viduka. Ammo hozir yo'q. O'ylashimcha, Viduka hozirgi jamoaga juda mos tushgan bo'lardi.

- Sizningcha, Avstraliyaning boshlang'ich tarkibi qanday ko'rinishda bo'ladi?
- 4-2-3-1 sxemasi bo'yicha o'ynasak kerak. Darvozabon: Met Rayan. Himoya: Aziz Bexich, Metyu Jurman, Trent Seynsburi, Josh Risdon. Yarim himoya: Mayl Edinak, Aaron Muy, Robbi Kruz, Tom Rogis, Metyu Leki. Hujum: Tomi Jurich.

- Guruh o'yinlarida taxminingiz?
- Franciyaga yutqazamiz 0:3, Daniyaga ham yutqazamiz 1:2, Peru bilan 1:1 o'ynaymiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика