So’nggi yangiliklar

09:23"Реал" энг ёмонлар орасида иккинчи бўлди  0 08:54"Олимпик" собиқ бош мураббийи "Бухоро"да иш бошлайди  1 08:25Хуршид Ғиёсов: “Кучлик амбицияга эга клуб сафида тўп суриш мен учун шараф”  0 07:55Пролига дебютанти бир қатор тажрибали футболчилар билан шартнома имзолади  3 07:35Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  23 02:49А Серия. "Рома" ғалабага эришди ва тўртинчи ўринга кўтарилди  0 01:36Аморим Бруну ҳақида: "У даволанаётганда ҳам машғулотларга келади. Менинг ишимни олмоқчими ёки йўқми билмайман, лекин бу йигит – етакчи"  0 01:01Қайта ташкил этилган "Ғазалкент" ўзининг илк назорат учрашувини ўтказди  2 00:51"Манчестер Сити" кейинги 48 соат ичида трансфер борасида эълон қилиши мумкин  0 00:28Фабио Каннаваро Акмал Мозговой ва Отабек Шукуров ўйинини стадиондан томоша қилди  5 23:53Роналдо машғулотлар ҳақида: "Мени 15 километрлаб югуришга мажбур қилишарди, аммо бу менга керак эмас эди"  3 23:28Араухо "Барселона" машғулотларига қайтди. Ҳимоячи психологик муаммолар сабаб танаффус олганди  0 22:54БАА. Отабек Шукуров голли пас берди, Мозговой захирадан ўйинга қўшилди, уларнинг жамоаси ғалабага эришди  0 22:31"Нефтчи" Championat.asia да чиққан хабарга муносабат билдирди   13 21:43Аморим МЮ схемаси ўзгариши ҳақида: "Қарор ОАВ босими туфайли қабул қилинмади. Агар футболчилар тизимни матбуот сабаб ўзгартирдим деб ҳисоблашса, бу мураббий учун якун демакдир"  0

Ekspert fikri. Miodrag Radulovich: "Neftchi" - "Nasaf" natijasini oldidan aytib bo'lmaydigan o'yin, bu tur jadvalda jiddiy o'zgarish qilishi mumkin" Yangiliklar

Ekspert fikri. Miodrag Radulovich: "Neftchi" - "Nasaf" natijasini oldidan aytib bo'lmaydigan o'yin, bu tur jadvalda jiddiy o'zgarish qilishi mumkin"

Ertaga Superliganing 18-tur o'yinlariga start beriladi. Bu turda bizni bir nechta markaziy va qiziqarli janglar kutmoqda.

Mazkur tur oldidan chernogoriyalik mutaxassis, "Paxtakor" sobiq ustozi Miodrag Radulovich o'z fikr-mulohazalarini bildirdi. Uning so'zlariga ko'ra, oldindagi markaziy qarama-qarshiliklar nafaqat muxlislarga  yuqori hissiyotlarni beradi, balki chempionat jadvalining holatiga oid muhim savollarga javob beradi.

"Superliganing navbatdagi turi masuliyatli va qizg'in  o'yinlarni taqdim etadi. Bu o'yinlar muxlislar uchun haqiqiy zavq manbai bo'lib, shu bilan birga, chempionat jadvalining yakuniy ko'rinishi haqida muhim malumotlar beradi",-  deydi Radulovich.

— "Nasaf" joriy mavsumda barqaror o'yin ko'rsatmoqda: ular jadvalda birinchi o'rinni egallab turibdi va chempionlik uchun yaxshi imkoniyatga ega. "Neftchi" esa so'nggi to'rt uchrashuvda uch marotaba g'alaba qozonib, yaxshi formada ekanligini isbotladi. Agar "Neftchi" ushbu o'yinda zafar quchsa, u chempionlik uchun eng jiddiy nomzodga aylanadi. Bu o'yin ikki jamoa muxlislari uchun hayajonli va natijasi kutilmagan bo'ladi.

— "Dinamo" bu mavsumda ajoyib natijalar ko'rsatmoqda – bu ularning o'yinlari va jadvaldagi o'rnidan ham ko'rinib turibdi. Murabbiy Vadim Abramov tajribali va yaxshi shakllangan jamoa tuza oldi. Ular o'z maydonlarida ham, safarda ham barqaror o'ynamoqda. Yosh istedodlar – Halilov, O'rozov va Oblaqulov jamoaga o'zgacha rang-baranglik olib kirmoqda. “Paxtakor” esa mavsumni noqulay o'tkazmoqda: jamoa “issiq-sovuq” o'yin uslubida harakatlanmoqda. So'nggi turda OKMKga yutqazgan "Paxtakor" uchun "Dinamo" bilan o'yin jadvalda yuqori o'rinlarni saqlab qolish yo'lida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ishonchim komilki, murabbiy Kamoliddin Tojiev “Paxtakor”ni muvaffaqiyatli yo'lga qaytarishga erishadi.

— "Andijon" so'nggi natijalari bilan jamoaning yaxshilanganini ko'rish mumkin: oltita o'yinda faqat bir marta "Bunyodkor"ga imkon berib, ikkita g'alaba va uchta durang qayd etdi. “Navbahor”ga qarshi g'alaba ularga musobaqaning qolgan qismida barqaror harakatlanish imkonini beradi. "Navbahor" esa natijalar bo'yicha qiyin vaziyatda: so'nggi 3 ta  o'yinda g'alabasiz ketmoqda. “Andijon” bilan bellashuv ularning jadval yuqorisi uchun kurashishga qaytish imkoniyatini ko'rsatadi.

— Umuman olganda, bu tur juda qiziqarli va natijalari kutilmagan o'yinlarga boy bo'ladi deb o'ylayman. Uchta markaziy o'yin musobaqaning davomi qanday o'tishini belgilab beradi va muxlislar uchun haqiqiy futbol bayramiga aylanadi. Kechagi "Sho'rtan" va "Surxon" ishtirokidagi o'yinlar bu yilgi chempionatning teng raqobatda o'tayotganini yana bir bor isbotladi. Tanaffus vaqtida barcha jamoalar mustahkamlanib, kuchliroq holatda qaytdi – bu esa musobaqa oxirigacha yanada ko'proq kutilmagan natijalarni vada qiladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика