So’nggi yangiliklar

18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  1 18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 1:1 (матнли трансляция)  7 17:57Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи". Таркиблар маълум  14 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  14 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15

Edgar Gess: "Barselona”ga muxlislik qilaman, lekin “Real” yutsa kerak" Yangiliklar

Edgar Gess: "Barselona”ga muxlislik qilaman, lekin “Real” yutsa kerak"

“So'g'diyona” – “Andijon” (1:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Edgar Gess qatnashdi.
“Andijon” oliy ligadan tushib ketishi aniq bo'ldi, men ishlashda davom etaman. Barcha muxlislarimizga qo'llab-quvvatlab turishgani uchun rahmat aytaman. Bugungi o'yin bo'lib o'tgan maydon bizga qiyinchilik tug'dirdi. Bahs og'ir kechdi, uzun paslar bilan o'ynashga urindik. Raqib jamoasi o'zida yuzaga kelgan ilk vaziyatdan unumli foydalandi va gol urib g'alaba qozondi. O'z futbolchilarimga ham minnatdorchilik bildirmoqchiman. Jamoa birinchi ligaga tushib ketishi deyarli malum bo'lsa ham yigitlar oxirigacha kurashdik”, - deb gap boshladi Gess.

- Birinchi ligada ham shu tarkib o'ynaydimi?
- Yo'q, sababi endi byudjetimiz boshqacha bo'lishi aniq. SHu bois bir qator futbolchilar bilan xayrlashamiz. Jamoa keyingi yil birinchi ligada muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun jamoa tuzamiz.

 - Endi so'nggi ikki turda futbolchilarni qanday ruhlantira olasiz?
- Futbolchilarim professional. Hali yana ikkita bahs bor, bu o'yinlarga munosib o'yin namoyish etishga urinamiz. Stadionga ikkita muxlis keladimi yoki 10 ming nafarmi farqi yo'q. Ular uchun o'ynaymiz. Men bu jamoaga kelayotganimdayoq “Andijon” birinchi ligaga tushib ketishini bilgandim. Biroq shunday bo'lsa ham keldim va jamoani yana oyoqqa turg'azish uchun harakat qildim. Agar keyingi yil birinchi ligadan oliy ligaga qayta olsak kuchli jamoa bo'lib qaytishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'yganmiz.

- “Buxoro” va “So'g'diyona” jamoalardan qaysi biri oliy ligani tark etadi?
- Hozircha oradagi farq 2 ochkoni tashkil etmoqda. Bu yaxshigina farq. Sababi ikki tur qoldi. Menimcha juda qiziqarli jang kechadi.

- Bugun “Real” va “Barselona” o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi. Siz kimga muxlislik qilasiz?
- Men “Barselona”ga muxlislik qilaman, lekin “Real” yutsa kerak (kuladi). “Real” so'nggi vaqtlarda juda kuchli o'yin namoyish etmoqda.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика