Eddi Xau: "Qiyin davrdan o'tyapmiz"
27 dek 2023 00:50
Yangiliklar
Eddi Xau: "Qiyin davrdan o'tyapmiz"
"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau APLda "Nottingem Forest"dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.
"Qiyin davrdan o'tyapmiz. Natijalarga erishishimiz yo'lida jarohatlar to'sqinlik qilyapti. Muxlislar tomonidan bo'layotgan barcha noroziliklarni tushunaman. Har qanday holatda ham tribunalardagi holat yaxshi bo'lishi kerak", - dedi murabbiy Fabricio Romanoga.
"Nyukasl" APLdagi so'nggi 5 o'yinning to'rttasida mag'lub bo'ldi. Ayni damda jamoa liga jadvalida 7-o'rinni egallab turibdi. "Qarg'alar" ECHLdan ham chiqib ketdi. Jamoaning navbatdagi uchrashuvi 1 yanvar kuni "Liverpul" maydonida bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar