So’nggi yangiliklar

22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:30АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" (матнли трансляция)  56 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  10 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  3 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  15 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  7 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  3 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  8 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  7

ECHLdagi Germaniya klublari 3-divizion va ayollar Bundesligasi rivojiga 7,5 million evrodan ajratdi Yangiliklar

ECHLdagi Germaniya klublari 3-divizion va ayollar Bundesligasi rivojiga 7,5 million evrodan ajratdi

Germaniya futbol ligasi bugun Bundesliga va Bundesliga 2 klublari, jami 36 jamoa vakillari ishtirokida video-konferenciya o'tkazdi.

Konferenciyada Bundesliga va Ikkinchi Bundesliga mayda chempionatni qayta tiklashga tayyorligi bildirildi. Buni rasman tasdiqlash esa Germaniya hukumati ruxsatiga bog'liq.

Klublar esa mayda chempionatni muxlislarsiz o'tkazishga tayyorligini rasman malum qildi. Bundesliga Bosh Assambleya tomonidan 30 aprelga qadar vaqtincha to'xtatib qo'yilgandi. GFL hukumat ruxsatini kutmoqda va rejaga ko'ra, Bundesliga va Bundesliga 2 chempionatlari 9 maydan davom ettiriladi. Qolgan divizion, ayollar Bundesligasi va havaskorlar ligasi hozircha davom ettirilmaydi.

Navbatdan tashqari yig'ilish, yani onlayn Konferenciyada Germaniya futbol ligasi barcha 36 jamoaga qiymati 500 000 evro bo'lgan koronavirusni tekshiradigan testlarni taqdim etishi takidlandi.

Birdamlik, hamjihatlik kampaniyasi tashabbuskorlari, Bundesliganing ECHLda o'ynaydigan klublari: "Bavariya", "Borussiya" Dortmund, "Leypcig" va "Bayer" 3 divizion va ayollar Bundesligasiga 7,5 million evrodan mablag' ajratdi.

Bundesliganing 36 klubiga Germaniya futbol ligasi tomonidan 5ta Labator guruhlar (Sonic Healthcare, LADR, Labour Berlin, Synlab, Dr.Wisplinghoff) mutaxassislari biriktiriladi. Bu borada barcha labator guruhlar bilan rasman kelishuv bo'lgani elon qilindi. Labator guruhlar rasmiy xat orqali mavsum yakuniga qadar futbolchilardan testlar olish va ularni to'liq nazoratda bo'lishiga kafolat berishdi. SHuningdek, klublarga ajratilgan testlar ortib qoladigan bo'lsa, unda bu uskunalar aholini tekshirish, birinchi navbatda qariyalardan test olishga safarbar qilinadi. Bu borada Germaniya Sog'liqni saqlash vazirligi bilan kelishuvga ko'ra, ortib qolgan testlar hukumatga topshiriladi.

Stadiondagi xarajatlar, tashkiliy ishlarni bajaradigan personal va OAV xodimlari ham imkon qadar minimum ko'rsatkichga keltirilishi qayd etilgan.

O'yin paytda maydon atrofida 98 nafar kishi va tribunada maksimum 115 nafar inson o'tirishiga ruxsat beriladi. Jami bir o'yinda maksimum 213 nafar kishi qatnashishi mumkin. Bundesliga 2da esa maydon atrofida 90 va tribunada 98 kishigacha ruxsat beriladi. Jami maksimum 188 kishidan ortiq inson stadionda bo'lmasligi kerak. 


SHahboz Beg'amov tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика