So’nggi yangiliklar

01:30ЕЧЛ. "Барселона" — "Ньюкасл" 7:2  0 01:07Акмал Рустамов: "Бизга фақат битта гол етишмади"  1 01:00"Ливерпуль" қасос оладими, Лондонда мўъжиза рўй берадими?   11 00:40ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!  429 00:20"Истанбул Башакшехир" дуранг қайд этди  15 00:07Миржалол Қосимов: "Телефондаги ўйинлар ёшларнинг миясини бузяпти"  2 00:03Илёс Зейтуллаев: "Мени худо шундай яратган экан. Сочларим тўкилиб, соқол ўсиб чиқди. Менга Спалетти ёқади, лекин мен ангренлик Илёс Зейтуллаевман"  0 23:40Андрей Шипилов: "Йигитларга шундай чиройли майдондан ғалабасиз чиқиб кета олмаймиз дедим"  2 23:31Сергей Токов: "Биринчи тайм учун мухлисларимиз олдида уятдаман. Таркиб йиғилганига икки ой бўлди"  3 23:20Аёллар футболида тарихий рекорд! "Челси" юлдузи 8 миллион долларлик шартнома имзолади  0 23:10Суперлига. "Қўқон-1912" – "Навбаҳор" 2:1  0 22:35Тимур Кападзе: "Биз яхшироқ ўйнадик ва ғалабага яқин эдик"  20 21:55Суперлига. ОКМК меҳмонда "Қизилқум"ни мағлуб этиб, мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  9 21:49Ямаль ва Левандовски асосий таркибда! "Барселона" — "Ньюкасл" баҳси учун таркиблар маълум бўлди  21 21:15Суперлига. "Бунёдкор" сафарда "Хоразм"дан устун келди, "қалдирғочлар" ўйинни 10 киши бўлиб тугатишди  10

ECHL. "Real Madrid" o'zini o'tish o'yinlarida o'ynashga majbur qilgan "Benfika"ni mag'lub etib, nimchorak finalga yo'lga oldi Yangiliklar

ECHL. "Real Madrid" o'zini o'tish o'yinlarida o'ynashga majbur qilgan "Benfika"ni mag'lub etib, nimchorak finalga yo'lga oldi

ECHL pley-off bosqichidagi "Real Madrid" - "Benfika" uchrashuvi yakunlandi.

ECHL. "Real Madrid" - "Benfika" 2:1

Gollar: 14 - Rafael Silva, 16 - Orelen Tchuameni, 80 - Vinisius Junior

Birinchi o'yin: 1:0

"Real Madrid": 1. Tibo Kurtua, 12. Trent Aleksander-Arnold, 22. Antonio Ryudiger, 18. Alvaro Fernandes (20. Fransisko Garsiya, 90+1'), 17. Raul Asensio (4. David Alaba, 77'), 8. Federiko Valverde, 15. Arda Gyuler (38. Sesar Palasios, 84'), 14. Orelen Tchuameni, 6. Eduardu Kamavinga (30. Franko Mastantuono, 77'), 7. Vinisius Junior, 16. Gonsalo Garsiya (45. Tyago Pitarch, 84').

Zaxira: 13. Andrey Lunin, 26. Fran Gonsales, 2. Daniel Karvaxal, 23. Ferlan Mendi, 28. Xorxe Sestero, 37. Manuel Moran, 21. Braim Dias.

"Benfika": 1. Anatoliy Trubin, 17. Amar Dedich, 44. Tomash Arauju, 30. Nikolas Otamendi, 26. Samuel Dal, 27. Rafael Silva, 20. Richard Rios, 18. Leandro Barreyro (15. Sidni Lopesh Kabral, 90+1'), 8. Fredrik Eursnes (5. Enso Barrenechea, 85'), 21. Andreas Shelderup (9. Frano Ivanovich, 85'), 14. Vangelis Pavlidis.

Zaxira: 24. Samuel Suaresh, 50. Diogu Ferreyra, 4. Antoniu Silva, 6. Aleksandr Bax, 16. Manuel Silva, 62. Joze Netu, 10. Georgiy Sudakov, 11. Dodi Lukebakio, 72. Aniziu.

Ogohlantirishlar: 35 - Richard Rios, 51 - Nikolas Otamendi, 57 - Raul Asensio, 90+6 - Sesar Palasios


90+9. O'yin yakunlandi, "Real Madrid" nimchorak finalga yo'l oldi!

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 9 daqiqa qo'shib berildi.

90. Karrerasning zarbasi anchagina noaniq bo'ldi.

84. Arbeloadan qiziq yurish! Arda va Garsiya o'rniga hech kim tanimaydigan yoshlarni o'yinga tashladi.

83. Ardaning uzoq masofadan tepgan to'pi noaniq bo'ldi.

82. Xavfli vaziyat, darhol reakciya! Silva o'ziga uzatib berilgan to'pni fint tarzida darvozaga yo'lladi, ammo santimetrlar noaniq ketdi.

81. "Benfika"dan reakciya ko'ramizmi?

80. GOL! Vinisius hisobni oshirdi! U Valverdening pasidan so'ng birga-bir vaziyatga chiqib ketdi va gol urib, masalani deyarli hal qildi. Doimgidek, raqs tushdi.

78. O'yin davom etadi. Asensioga salomatlik tilab qolamiz.

74. O'yinda to'xtalish. Asensio va Kamavinga to'qnashib ketdi, Raul shifokorlar yordamida maydonni tark etadi. O'rniga tushish uchun Alaba tayyorgarlik ko'rmoqda.

70. Agar uchrashuv shu hisobda qoladigan bo'lsa Man of the match sovrini Kurtuaga berilishi kerak. Unda hozirgacha 4 ta seyv mavjud. Malumot uchun, Trubinda bu ko'rsatkich 2 tani tashkil etadi.

69. Xo'sh, murabbiylar hali futbolchilarni almashtirishga shoshilmayapti. Endi maydonda charchoq sezila boshlaydi, bu esa yangi futbolchilar tushishiga undov bo'lishi tayin. 

68. "Benfika" tempi oshirdi. Bir qator hujumlar, zarbalar samara bermayapti. 

60. Xavfli zarba! Vinisiusning zatosidan so'ng to'p Rafa Silvaga kelib tushdi, uning zarbasini Kurtua bartaraf eta bildi.

56. Aleksander-Arnold bir necha himoyachini aldab o'tib darvoza tomon zarba berdi, ammo salgina noaniq bo'ldi...

53. Trentning burchak zarbasidan uzatgan to'pini Asensio darvozaga yo'lladi, birozgina noaniq bo'ldi.

47. Trentning erlatib markazga uzatgan to'pini hech kim darvozaga yo'llay olmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+3. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

45. Valverdening darvoza tomon tepgan to'pi himoyachiga tegib yo'nalishini o'zgartirdi.

42. Ardaning erlatib markazga uzatgan to'pini darvozaga yo'llaydigan futbolchi topilmadi.

41. Gyulerning zarbasi rekoshetga uchrab maydonni tark etdi.

38. Xavfli zarba! Riosning kuchli zarbasini Kurtua qaytarib yubordi.

33. Yo'q, VAR golni bekor qildi.


32. GOL! Gyuler hisobni oshirdi! Vinisius to'pni Valverdega uzatdi, u boshi bilan Gonsaloga, himoyachidan qaytgan to'pni esa Arda darvozaga kiritdi.

25. Yana bir zarba Vinidan. Yana Trubin ushlab oldi.

24. Kamavinganing uzoq masofadan bergan zarbasini Trubin ushlab oldi.

No comment: "Real Madrid" muxlislari tomonidan bugungi uchrashuvga tayyorlangan banner.

21. "Real" nazoratni o'z qo'liga olishga intilmoqda. Ammo "Benfika" bunga yo'l qo'ymayapti...

17. Ux, o'yin shiddati oshib ketdi. Avval mehmonlar, endi mezbonlar hujumda. 

16. GOL! Chuameni tezkor javob berdi! Uzatib berilgan to'pni ajoyib zarba bilan darvozaga yo'lladi va aniq bo'ldi!

15. "Real" endi tempni oshirarmikin? Kuzatamiz.

14. GOL! "Benfika" hisobni ochdi! Rafa Silva o'ziga uzatib berilgan to'pni darvozaga kiritdi!

6. Hujum navbati "Real"da. Vinisius jarima maydonchasi ichidan zarba berdi, ammo noaniq. 

6. Yana bir zarba portugallardan! Yana Kurtua to'pni ushlab oldi...

5. Burchakdan uzatilgan to'pni "Benfika" azosi darvozaga yo'lladi, Kurtua ushlab oldi.

4. Uchrashuv mehmonlar pressingi ostida boshlandi deyish mumkin. Ilk daqiqalardan to'p asosan maydonning "Real" darvozasi tomonida o'tmoqda.

1. O'yin boshlandi!

- Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Bugungi ECHL pley-off bosqichidagi "Real Madrid" - "Benfika" uchrashuvining matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.

Reyting: +6   

Fikrlar

+6   
26 fev 01:01:54
Абдурахмон Вахобов
Только вперёд Реал! Только победа!
+4   
26 fev 03:03:07
Sardorbek..
Nima deysizlar xurmatli barsachilar real qanday o'ynadi? Bilaman oxirgi sekundlargacha o'yinni qoldirmasdan ko'rdinglar sudya pudya degan gapga o'rin qoldirmadimi?)
+4   
26 fev 02:20:47
Nasaf Real
Karochi man uyqim keldi ertaga ertalab ish bor bir taym ko'rdim yetadi ikkinchi taymi raqib bo'lsada Barsachi do'stlarimizdan so'rayman ularni ishi bo'lsa ham Real Madrid o'yinlarini qoldirmay ko'radida ko'pi
+4   
26 fev 01:55:12
Abdusamad Poyonov
CA Yuveni uyiniga ham oyna ochilar fikrlar almashaylik nima ular kamandamasmi
+3   
26 fev 03:03:56
Музаффар Махмудов
Ҳаммага раҳмат, айниқса бир умр Моурни ёмон кўриб келиб, охирги ҳафталарда у билан "чиқишиб кетган" барсачиларга, сенсация кутган антиреалчиларга ва ҳақиқий реалчиларга. Ҳаммангизга омад.
+3   
26 fev 03:01:59
Абдурахмон Вахобов
Табрик биродарлар! Галабалар бардавом булсин.
+3   
26 fev 02:45:25
М.Б
Хоромдан буган Отамендини голни кузатиши ёкимли булди
+3   
26 fev 01:38:58
Aziz.
Asensio sekin zaxiraga go.. Garsiya ofsaydda qop ketipti boʻmasa toza golidi. Xayrulla Hamidov iltimos sizdan ilmli bilimli odamsiz lekin siz tariflaganizcha oʻynamidi u musr Arda Guler deyarli IQ yoʻq unda yana Oʻzil bilan solishtirishadiye shu taxta bolani
+3   
26 fev 01:35:24
Zamina
Barsachi Hayrulla doimgidek yomon asabga tegib sharxlayapti.
+2   
26 fev 09:27:03
Rasul Matkarimov1
Sardorbek.. foydalanuvchining fikriga javob berish
Nima deysizlar xurmatli barsachilar real qanday o'ynadi? Bilaman oxirgi sekundlargacha o'yinni qoldirmasdan ko'rdinglar sudya pudya degan gapga o'rin qoldirmadimi?)
Vinni ofssaydan urdi...kamavinga bilan acensio toqnashdi Camaga qizil berish kerak edi....Chuamenini xakam ogoxlantirmadiyam chunki xechkim payqamay turganda tepish mumkin emasligini unutdi...
+2   
26 fev 05:14:31
Job Ir
Benjamin Franklin foydalanuvchining fikriga javob berish
Bugun amdi bollarini kamandasi chiketamikin?ertalab bilaman nima boʻlishini
Айтканингдек каманданг чикиб кетди уша сан айтканларни камандаси
+2   
26 fev 03:06:39
Hala Madrid
Bechora mentalis vanga va mana bu yerda ikkiyuzlamachilik qilib yozayotganlarga achinaman 3 gacha ne ne umidda futbol koʻrib siqilib uxledi endi:)))))))))
+2   
26 fev 03:05:52
Sardorbek..
Музаффар Махмудов foydalanuvchining fikriga javob berish
Ҳаммага раҳмат, айниқса бир умр Моурни ёмон кўриб келиб, охирги ҳафталарда у билан "чиқишиб кетган" барсачиларга, сенсация кутган антиреалчиларга ва ҳақиқий реалчиларга. Ҳаммангизга омад.
Nimasini aytasz bir umr ittan battar yomon ko'rgan treneri bir zumda eng yaxshi ko'rgan murabbiyiga aylanib qoldiyu bu antirealchilarda ikkuyuzlamachi ko't bo'masa kere
+2   
26 fev 03:04:32
Abdusamad Poyonov
Bechora Yuventusga hakam qizil bergani kamday Championat.asia ham ularni yozmayapti yonayapti uyin uyoqda Nodirxo'ja aka ayting bu adminlarga Yuventus ham kamanda
+2   
26 fev 02:44:05
Абдурахмон Вахобов
Молодец Реал! Чемпонлик сари ОЛГА!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика