So’nggi yangiliklar

23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 22:01Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" баҳси асосий таркиблари  22 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  23 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  2

ECHL finalidan oldin. Jahon yulduzlari qanday fikrda? Yangiliklar

ECHL finalidan oldin. Jahon yulduzlari qanday fikrda?

Teglar :  ECHL final
UEFA.COM sayti jahonning sobiq yulduzlarining fikrlari bilan qiziqdi.

Luish Figu:
Futbolda hamma narsa bo'ladi. "Yuventus"ning himoyasi kuchli, "Real"da hujumi kuchli. Individual duellar guvohi bo'lamiz. Mana shu duellarda kim ko'proq yutsa o'sha jamoa g'olib bo'ladi. O'ylashimcha, turli uslubga ega bo'lgan ikki jamoa to'qnash kelishadi.

Kafu:
"Yuventus"- "Real" 2:2 (undan keyin nima bo'lishini bilmayman!)



Kristian Karambe:
"Yuventus"- "Real" 2:3

Pavel Nedved:
Biz bu g'alabani 21 yildan buyon kutayapmiz. "Yuventus" so'nggi bor 1996 yilda chempion bo'lgan. SHundan so'ng bir necha bor finalda o'ynaganmiz, ammo yuta olmaganmiz. Mana nima uchun finalni kutayapmiz. Jamoamiz bosimni his qilmayapti.

Marsel Desayi:
"Yuventus"- "Real" 2:1



Klarens Zeedorf:
Feyerverk kutmayapman. Bu final, ikkala jamoa birgina vaziyat hal qilishini bilishadi. Hech kim tavakkal qilmaydi. O'ylashimcha, taktik o'yin bo'ladi, qiyin, ammo ko'p gollarni kutmayapman. Balki barchasini bitta gol hal qilar.

CHiro Ferrara:
"Yuventus"- "Real" 2:1

Patrik Andersson:
"Yuventus"- "Real" 2:0



Edgar Davids:
Final o'yinlari doim og'ir o'tadi. Favoritni ko'rsata olmayman, istalgan narsa sodir bo'lishi mumkin. "Real" g'olib bo'lishi mumkin. "Yuve"ga muammoni Krishtianu tug'dirsa kerak. Dibala va Iguain juda kuchli, ammo ular hozircha Ronaldu darajasida emaslar.

Eydur Gudonsen:
"Yuventus"- "Real" 1:0

Andrey SHevchenko:
Ikkala jamoaga muxlislik qilaman. Ammo yuragim Janluiji Buffon ECHLni yutishini istaydi. SHu bois ko'proq "Yuventus" tomonida bo'laman.

Stiv Makmanaman:
"Yuventus"- "Real" 1:2

Ian Rash:
"Yuventus"ga muxlislik qilaman. "Real" ikkita gol urishi mumkin, "Yuve" uchta javob to'pi kirita oladi. Agar "Yuventus" ikkita gol ursa, "Real" uchta ura olmaydi. "Yuve" juda yaxshi tashkil etilgan, istalgan o'yinni yuta olish hususiyatiga ega bo'lgan futbolchilarga ega, masalan Iguain.



Robert Pires:
"Yuventus"- "Real" 1:3

SHteffen Froynd:
"Yuventus"- "Real" 1:1 ("Yuve" penaltilar seriyasida g'olib bo'ladi 5:4)


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика