So’nggi yangiliklar

20:29ОЧЛ 2. "Ал Ҳалдия" – "Андижон". Бошланғич таркиблар аниқ!  5 19:55U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади  166 19:3320 ёшгача бўлган дунёдаги энг қиммат футболчининг нархи 349,6 млн евро экан  9 19:00Про лига. "Олимпик-MobiUz" ва "Локомотив" муроса кўчасини танлади, лига ғолиби кейинги турда аниқланади  1 18:42Криштиану Роналду: "Арсенал"ни рақиб сифатида қабул қилмайман, улар ғалаба қозонса хурсанд бўламан"  29 16:5823 ёшли дарвозабон, ОКМКни ютган мураббий ва футболчи, "Бунёдкор"га супергол урган ҳимоячи — Суперлигада 27-турнинг энг яхшилари  2 16:44Хебай, Марушич, Холдорхонов, Алижонов... Суперлига 27-тур рамзий терма жамоаси  2 15:50Криштиану Роналду Жоржина билан тўйи қачон бўлишини эълон қилди  26 15:04Қурол билан таҳдид қилинган АПЛ футболчиси кимлиги маълум бўлди  0 14:36Ўзбекистон U-15 терма жамоасининг Жанубий Кореяга қарши асосий таркиби маълум  2 13:51Слот: "Каттароқ ҳисобда ютишимиз мумкин эди"  14 12:50U-17 Жаҳон чемпионати олдидан. Ислом Исмоилов: "Жаҳон чемпионатига энг яхши ҳолатда етиб келдик"  10 12:43Футзал бўйича Осиё кубогига қуръа ташланди. Ўзбекистон Япония ва Австралия билан бир гуруҳда  9 12:11Про лигада 2-ўринни олган клуб: "Суперлигада жой йўқ, деб қўяверинглар"  14 10:50Аббосбек Файзуллаев индивидуал тикланиш машғулотларини бошлади  4

ECHL davom etadi. Bugun "Barselona" "Roma"ni yanchib tashlaydimi? (Prevyu) Yangiliklar

ECHL davom etadi. Bugun "Barselona" "Roma"ni yanchib tashlaydimi? (Prevyu)

Teglar :  BarselonaRomaECHL
Bugun Evropa chempionlar ligasining chorak final uchrashuvlari davom etadi.

"Barselona" - "Roma"
CHorshanba, 23:45. "Kamp Nou".
Bosh hakam: Danni Makkelli (Gollandiya).
Diskvalifikaciyalar: yo'q
Jarohatlanganlar: Din - Karsdorp, Under.

O'tgan oyda 1/8 finalda "CHelsi" mag'lub etilganidan keyin "Barselona" turnirning chorak finaliga ketma ket 11-marta etib kelib, rekord qayd etdi. Albatta, ular "Roma" bilan juftlikning favoritlari hisoblanishadi. Mezbonlar bosh murabbiyi jurnalistlarga bunday emasligini, barchasi maydonda hal bo'lishini aytdi.

Keling, ikki tomonning ham turnirdagi yo'lini bir eslab o'tamiz. "Barselona" guruhdan qiyinchiliklarsiz o'tib oldi ("Yuventus", "Sporting", "Olimpiakos"). 6 bahsning to'rttasida g'alaba qozongan jamoa, ikkitasida durang o'ynadi. Faqatgina bir marta gol o'tkazib yubordi. 1/8 finalda esa "CHelsi" musobaqadan chiqarib yuborildi (safarda 1:1, uyda 3:0).

"Roma" ham guruhni etakchi sifatida yakunladi. Ular ham "CHelsi" bilan bahs olib bordi (Rimda 3:0, Londonda 3:3). SHuningdek, "Atletiko" va "Qorabog'" kabi jamoalar bilan ham kuch sinashishdi. Pley-offning ilk raundida rimliklar "SHaxtyor" bilan kurash olib borishdi. Dastlabki uchrashuvda 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan "Roma" o'z maydonida minimal hisobdagi g'alabaga erishdi.

"Roma"ning chorak finalgacha etib kelishi - syurpriz emas. Ularning guruh bosqichidagi uchrashuvlariga nazar solsangiz, jamoa juda yaxshi o'yin namoyish etgan. A Seriya jamoasi o'z guruhidagi katta raqobatni engib o'ta olishdi. Qiziqarli o'yin bo'lishini kutyapman", - dedi Valverde o'yindan oldin.

"Barselona"ning jismoniy holati Rim jamoasiga qaraganda biroz kuchliroqdek ko'rinmoqda. Ular so'nggi bora yanvar oyida Ispaniya kubogi doirasida "Espanol"ga mag'lub bo'lgan va shundan keyingi 17 uchrashuvda yutqazmagan. "Barselona" 2013 yilning sentyabr oyidan beri evrokuboklarda o'z maydonida mag'lub bo'lmayapti (23 g'alaba, 2 mag'lubiyat).

Valverde jamoasining oldingi uchrashuvida "Sevilya"ga mag'lub bo'lishiga oz qolgandi, biroq jamoa 88 va 89-daqiqalarda gol urib, mag'lubiyatdan qutulib qolgandi. Jamoa qutqaruvchilari - Messi va Suares bo'lgandi.

Ichki chempionatda "Roma"ning ishlari yaxshi emas. Jamoa 3-o'rinni egallab turibdi va 2-o'rindagi "Napoli"dan 14 ochkoga ortda qolmoqda. Di Franchesko jamoasi A Seriyaning 30-turi doirasida "Bolonya" bilan uchrashuvda g'alabaga erisha olmadi.

"Har doim aytganman, jamoamda xarakter kuchli. Biroq oldimizda juda kuchli jamoa bilan uchrashuv bor. Ikki tomon ham ifodali o'yin namoyish etishga intiladi. "Barselona"ga qarshi o'yinda o'zimizni ko'rsata olishimiz kerak. Agarda "Roma" o'zining eng yaxshi futbolini ko'rsata olsa, xohlagan raqibini mag'lub eta oladi", - dedi Di Franchesko.

TAXMINIY TARKIBLAR

TOMONLARNING O'ZARO SO'NGGI UCHRASHUVI

"Barselona" (Ispaniya) - "Roma" (Italiya) 6:1

Ispaniya. Barselona. "Kamp Nou". 71 433 tomoshabin.

Bosh hakam: Juneyt CHaqir (Turkiya) 

Gollar: Suares 15, Messi 18, Suares 44, Pike 56, Messi 59, Adriano 77 - Jeko 90+1

"Barselona" (Ispaniya): ter SHtegen, Vermalen, Alba, Alves, Pike (Bartra 57), Roberto (Adriano 64), Rakitich, Buskets (Samper 46), Suares, Neymar, Messi 

Bosh murabbiy: Luis Enrike 

"Roma" (Italiya): SHesni, Din, Manolas, Maykon, Ryudiger, Florenci (Vankyor 58), Naynggolan (Iturbe 46), Keyta, Pyanich (Uchan 75), Falke, Jeko 

Bosh murabbiy: Rudi Garsiya 

Ogohlantirishlar: Pike 41, Alves 57, Messi 63 - Vankyor 62 

Amalga oshirilmagan penaltilar: Neymar 77 - Jeko 82.

O'ZARO O'YINLAR

Jamoalar o'zaro 4 o'yin o'tkazishgan. Unda tomonlar bittadan g'alabaga erishishgan. 2 uchrashuvda durang qayd etilgan. Gollar urishda "Barselona" etakchi - 8:6.

2002 yil 20 fevral. "Barselona" - "Roma" 1:1

2002 yil 26 fevral. "Roma" - "Barselona" 3:0

2015 yil 16 sentyabr. "Roma" - "Barselona" 1:1

2015 yil 24 noyabr. "Barselona" - "Roma" 6:1

FAKTLAR

- "Barselona" 2013 yilning sentyabr oyidan buyon evrokuboklarda "Kamp Nou"da mag'lub bo'lmayapti. 23 g'alaba va 2 durang qayd etgan jamoa 77 gol urib, 12 to'p o'tkazib yuborgan.

- "Barselona" bu mavsum ECHLning 8 uchrashuvida mag'lub bo'lmadi. To'plar farqi - 13:2.

- 2002/03 yilgi mavsumdan buyon "Barselona" o'z maydonida Italiya jamoalariga mag'lub bo'lmayapti (ikki g'alaba va uch durang).

- Edin Jeko "Roma"ning 12 golidan 55 foizida ishtirok etgan (4 gol, 2 assistentlik).

- Messi Italiya jamoalariga qarshi o'tgan 19 uchrashuvning 12tasida gol kiritgan. U "Roma"ga qarshi 2 o'yinda maydonga tushgan va 2 darvozani ishg'ol etgan.

- Suares "Roma"ga 3 gol urgan. U o'zining so'nggi 10 uchrashuvida 7 to'p kiritishga erishdi.


Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика