So’nggi yangiliklar

00:20"Андижон" ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади. "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда "Қизилқум" устидан ғалаба қозонди  0 00:10АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" 1:1  0 00:05COPE: Бускетс МЛС мавсуми сўнггида фаолиятини якунлайди  0 23:30Акмал Рустамов: "Ҳакам қоида бузилишини атайин кутди"  13 23:03Максим Шацких: "Биринчи таймда шунча вазият яратиб, гол ура олмасликни қандай изоҳлаш мумкин, билмадим"  5 22:54"Барселона" — "Хетафе". Педри, Левандовски ва Рафинья асосий таркибда  4 22:48Рўзиқул Бердиев: "Бизга бугун уч очко жуда зарур эди"  15 22:34АПЛ. "Арсенал" "Манчестер Сити" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди, Ҳусанов жароҳат сабаб бир тайм ўйнади  57 22:14Иван Бошкович: "Рубин Хебайда жароҳат бор"  1 21:25Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Мальорка" билан дуранг ўйнади, мадридликлар ўйинни ўн киши бўлиб якунлашди  3 21:15Ҳакам томонидан қўшиб берилган дақиқаларда Черан томонидан киритилган гол "Насаф"га ғалаба тақдим этди  123 21:02Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" ўз уйида "Аланяспор"ни мағлуб этолмади, истанбулликларнинг ягона голига Шомуродов муаллифлик қилди  17 20:52БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Ғаниев 59 дақиқа ўйнади  1 19:37Родри: "Арсенал"дан қасос олишимиз керак"  7 19:18"Арсенал" — "Манчестер Сити". Ҳусанов асосий таркибда  31

ECHL. "Yuventus" Ronalduning dubli evaziga "Barsa"ni engib, guruh bosqichini 1-o'rinda tugatdi Yangiliklar

ECHL. "Yuventus" Ronalduning dubli evaziga "Barsa"ni engib, guruh bosqichini 1-o'rinda tugatdi

CHempionlar Ligasi "G" guruhining 6-turidan o'rin olgan bahs matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


"Barselona" (Ispaniya) – "Yuventus" (Italiya) 0:3  

«Kamp Nou»

Gollar: Ronaldu 13', 52' (ikkisi penaltidan), Makkenni 20'

Barselona – ter SHtegen, Dest, Alba (Firpo, 55), Arauxo (Mingesa, 82), Langle (Umtiti, 55), de Yong, Pyanich, Trinkau (Breytueyt, 46), Pedri (Puch, 66), Grizmann, Messi.

Yuventus – Buffon, de Ligt, Danilo, Bonuchchi, Aleks Sandro, Makkenni, Kuadrado (Bernardeski, 85), Artur (Bentankur, 71), Remzi (Rabo, 71), Morata (Dibala, 85), Ronaldu (Keza, 90+1).

Ogohlantirishlar: Alba (27), Remzi (28), Langle (31), Morata (53), Umtiti (60), Danilo (69), Firpo (78). 


Bahs yakunlandi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+3. "Yuve" to'pni o'zida saqlab turibdi. 

90+1. "Yuventus"da almashtirish: Ronaldu o'rniga Keza maydonga tushdi. 

Ikkkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

90. Zarba!  Messining zarbasiini yana bir bor "Jiji" ushlab oldi.  

88. "Barselona" xavfli holatlarni sodir etishga urinyapti, biroq barchasi muvaffaqiyatsiz. Hozirgina Grizmann ancha noaniq zarba berdi. 

85. "Yuventus"da 2 ta almashtirish: Kuadrado o'rniga Bernardeski, Morata o'rniga Dibala tushdi. 

85. Zarba!  Uuuux! Messining zarbasigi ozgina aniqlik etishmadi, bugun LEoga omad etishmayapti. 

82. "Barselona"da o'zgarish: Arauxo o'rniga Mingesa tushirildi. 

81. Zarbaaa!  Pyanichning olis masofadan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ketdi. 

78. Bentankurga nisbatan qoidani buzgan Firpo hakamga qilgan etirozi uchun ogohlantirish oldi. 

76. Gol VARda tekshirildi va bekor qilindi. Ronaldu o'yindan tashqari holatda turgan ekan. 

75. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Bonuchchi hisobni 0:4 ko'rinishiga keltirdi! 

74. Penalti bekor qilindi, aslida Messi yiqitilgan edi, ammo unga qadar Grizmann ofsayd holatida qolgan ekan. 

73. Penalti!  "Yuventus" davrozasi tomon!

71. "Yuventus"da 2 ta almashtirish: Remzi o'rniga Rabo, Artur o'rniga Bentankur o'yinga qo'shildi. 

71. Zarba!  Messidan pas qabul qilib olgan Breytueytning zarbasi rikoshet orqali yo'nalishini o'zgartirdi va maydondan chiqib ketdi. 

70. Zarba!  Riki Puchning zarbasi ancha "puch" chiqdi. 

69. Puchni yiqitgan Daniloga sariq karchtoka ko'rsatildi. 

67. Zarba!  Eh, Grizmann... Uning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi. 

66. "Barselona"da almashtirish: Pedri o'rniga Puch tushdi.

65. Zarbaaaa!  Messining chamasi 17 metrdan bergan zarbasini Buffon qaytarishga erishdi. 

62. Zarba!   Sandroning zarbasi yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi. 

61. Zarba!  Pyanichning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

60. Morataga nisbatan qo'pol o'ynagan Umtiti ogohlantirildi. 

58. Zarba!  Uuuxx!  Messining jarimadan amalga oshirgan uzatmasidan so'ng Grizmann bosh bilan zarba yo'lladi, to'p darvoza to'sinigi tegib, maydonni tark etdi. 

57. Danilo Firponi yiqitdi, jarima to'pi belgilandi. 

55. "Barselona"da 2 ta o'zgarish: Langle o'rniga Umtiti, Alba o'rniga Firpo o'yinni davom ettiradi. 

53. Morata hushtakdan so'ngi to'pni tepib yuborgani tufayli sariq kartochka oldi. 

52. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLL!  Ronaldu penaltidan gol urib, hisobni oshirdi – 0:3! 

51. To'p Langlening qo'liga tegib ketgani bois vaziyat VARda tekshirilyapti.  Bosh hakam holatni ko'rib keldi va penalti belgiladi. 

49. Uuuuuxxx!  Makkennining qulay pasidan so'ng Remzi aylantirma zarba ijro etdi. Ter SHtegendan seyv! 

47. Zarbaaa!  Messining zarbasini Buffon ilib oldi.  

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

46. "Barselona"da o'zgarish: Trinkau o'rniga Breytueyt tushdi. 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:2. Tanaffus! 

45+1. Zarbaaa!  Messining zarbasidan so'ng Buffon turinliklar joniga ora kirdi. 

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi.

44. Morataning pasidan so'ng Remzi samarali zarba berishning uddasidan chiqmadi. 

43. Xavfli vaziyat! Grizmanning pasidan so'ng to'p Messiga etib keldi, uning zarbasi "bloklandi". Keyingi holatda Pyanich Destga pas berdi, amerikalik himoyachining ichkariga uzatmasi esa kuchli va noaniq chiqdi. 

42. de Yong jarima madoni tashqarisida yiqildi, hakam hech narsa yo'qligini malum qildi. 

39. Martin Breytueyt maydonga tushishga hozirlik ko'rmoqda. 

37. Morata de Yongninig sust harakatidan keyin to'pni olib qo'yib, oldinga o'tdi, biroz muddat o'zida saqlab turib, sheriklariga pas berdi.  

36. Zarba!  Messining zarbasidan so'ng Buffon ikkinchi urinishda bo'lsa-da, to'pni ushlab oldi.  

35. de Ligt to'pni qo'li bilan o'ynadi, jarima. 

32. Makkenni Messiga nisbatan qoidani buzdi.

31. Maydon markazida Moratani tirsagi bilan urgan Langle ogohlantirildi.  

30. Zarba!  Pyanichning kuchli zarbasi noaniq chiqdi.

28. Remzidan yana bir qo'pollik, bu gal Langle yiqitildi. Hakam unga sariq ko'rsatdi. 

27. Hakamga o'z noroziligini bildirgan Alba sariq kartochka oldi. 

26. Remzi de Yongga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

25. Zarba!  Sandroning havolatib uzatgan pasidan so'ng Morata bosh bilan zarba yo'lladi, noaniq. 

22. Zarba!  Messining erlatib tepgan to'pini Buffon qaytardi! 

20. GOOOOOOOOOOOOOOOOOLL! Qanday gol! Makkenni!  Kuadradoning uzatmasidan keyin amerikalik yosh iqtidor egasi zarba berib, to'pni darvozaga joylab qo'ydi – 0:2! 

19. "Barselona"da hujumlar bor, biroq o'yinchilar hali darvoza tomon zarba berishga shoshilishmayapti.

18. Uzoq kutilgan kadr

15. Kuadrado "Barsa"ning xavfli hujumi oldini oldi. 

13. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Ronaldu penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirdi – 0:1! 

12. Penalti!  Arauxo jarima maydoni ichkarisida Ronalduni yiqitdi. 

10. Trinkau Aleks Sandroni yiqitishga majbur bo'ldi.

9. Zarbaaaa!  Daniloning kuchli zarbasi noaniq ko'rinish oldi. 

8. Zarba!  O'yindagi dastlabki zarba Ronaldu tomonidan yo'llandi. Ter SHtegen o'z o'rnida.  

6. Pedri faollik ko'rsatishga urinyapti, u hozirgina to'pdan ayrildi, yani to'p to'satdan "aut"ga chiqib ketdi. 

4. Makkenni maydon markazida Pedrini qoida buzish evaziga to'xtatib qoldi. 

2. Bugun katta dueldan tashqari kichik bir duel ham ko'zga tashlanadi – Pyanich va Artur o'rtasida.  

1. O'yin boshlandi. Qani, chiroyli o'yin sari kettik! 

- UEFA madhiyasi yangrab o'tdi. 

- Diqqat qilamiz, futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda! 

Leo - Krish to'qnashuvida kim g'olib chiqadi? 

"Kamp Nou"ning o'yindan oldingi holati 

- O'yin Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun ECHL guruh bosqichi so'nggi turidan o'rin olgan dahshatli to'qnashuv guvohiga aylanamiz. Uchrashuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика