Dragan CHeran: "To'purarlik haqida o'ylashga juda erta"
04 mar 2024 21:10
Yangiliklar
Dragan CHeran: "To'purarlik haqida o'ylashga juda erta"
"Paxtakor" Superliganing dastlabki turini g'alaba bilan boshladi.
Termizning "Surxon" jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda "sherlar"ning gollariga Dragan CHeran (dubl) va Doston Hamdamov mualliflik qildi.
O'yindan so'ng Dragan CHeran fikrlarini bildirib o'tdi.
"Mavsumni g'alaba bilan boshlash yoqimli. To'purarlik haqida o'ylashga juda erta. Muhimi jamoam g'alaba qozondi. Bugun tarkibimizda yoshlar ham to'p tepdi. Ular bo'lajak o'yinlar oldidan o'zlariga ishonch olishdi. Men esa o'z ishimni qildim va yordam berdim. Endi qisqa vaqt tanaffus olamiz. Bizni "Nasaf" kutmoqda", - deydi CHeran.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar