So’nggi yangiliklar

15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  5 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  0 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  11 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  3 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  5 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  13 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  3 10:55"Ливерпуль" ёзда Салоҳнинг ўрнига бошқа бир мисрлик футболчи билан шартнома тузмоқчи  1 10:26"Манчестер Сити"нинг "устуни" ёзда жамоани тарк этади  0 09:52Ислом Маматказин: “Ўйинни ўзида ютиб кетишимизга ишонгандик. Қандайдир ўзгача руҳият бор эди”  10 09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  5 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1

Doston Tursunov: “Golimni Aziz G'anievga bag'ishlayman” Yangiliklar

Doston Tursunov: “Golimni Aziz G'anievga bag'ishlayman”

Kecha Superliga 11-tur uchrashuvlariga start berildi.

Farg'onaning “Neftchi” jamoasi safarda Qo'qonning “Qo'qon-1912” jamoasi mehmoni bo'ldi va durang natija qayd etdi 1:1. Ushbu uchrashuvda “Neftchi” klubi himoyachisi Doston Tursunov raqib jamoa darvozasini ishg'ol qildi va jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. Uchrashuv yakunlanganidan so'ng, Doston Tursunov bilan bog'lanib Superliga bahslari haqida suhbatlashdik. 


- “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi uchrashuvda raqib jamoa darvozasini ishg'ol qilib jamoangizni mag'lubiyatdan qutqarib qoldingiz. Ushbu uchrashuv qay darajada qiyin kechdi?

Vodiy derbisi qay daorajada kuchayganini baarcha bilsa kerak. Biz ham masuliyatni his qilib maydonga chiqdik. To'g'risi, g'alaba biz uchun juda ham zarur edi. Ayni damda bir ochko ham oltinga teng. 10 kishi bo'lib qolishimizga qaramasdan jamoamiz bilan g'alaba qozonish uchun harakat qildik. Raqib jamoa darvozasini gol urib jamoamga foyda keltirganimdan xursandman. To'g'risini aytsam, gol urishimni sezgandim. “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi uchrashuvdan oldin “Nasaf” jamoasi futbolchisi Aziz G'aniev menga qo'ng'iroq qilib bugun gol urishimni aytgandi. G'anievni ko'ngli sezganmi bilmadim, lekin mana shu so'zni G'anievdan eshitganim uchun o'zimda ham qandaydir gol urishga ishonch paydo bo'ldi. O'zim ham gol urishimni sezgandim. Ushbu golimni Aziz G'anievga bag'ishlayman. Bunday bo'lishini o'zim ham kutmagan edim. Gol urganimdan so'ng boshqacha tuyg'u paydo bo'ldi. Jamoadoshlarim ham meni qo'llab-quvvatlashdi. “Neftchi”ni mag'lubiyatdan olib chiqib ketganimdan xursandman. 

- Vodiy derbisi har safar qiziqarli o'tgan deya takidlab o'tdingiz. “Neftchi” jamoasi nima uchun g'alaba qozona olmayapti?

- Jamoamizning ichki muhiti alo darajada. Jamoamizning o'zagini yoshlar tashkil etadi. “Neftchi”da Anvar Berdiev, SHukurali Po'latov kabi tajribali bo'lgan futbolchilar yoshlarga o'z yordamlarini ayamayapti. Qo'ldan kelgancha kerakli maslaxatlar beryapti. Bizga birgina g'alaaba etishmayapti. Bitta o'yinda g'alabani qo'lga kiritsak yo'limiz ochilib ketadi. Sababi, har o'yinda ochko yo'qotganimiz uchun jamoadoshlarim ham ruhiy tushkunlikka tushib qolgan. Birgina g'alaba etishmayotganini barcha tushunib turibdi. 

- Murabbiylar qay darajada ishlashmoqda?

Jamoada to'rt nafar saviyali murabbiylar ishlamoqda. Bahrom Haydarov biroz betobligi sababli o'yinlarga kelmayotgan edi. Jamoadagi murabbiylarning barchasi bir yoqadan bosh chiqarib birgalikda ish olib borishadi. Endi  “Nasaf” jamoasiga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz. 

- “Neftchi” jamoasi mavsumni omadsiz boshlashiga nima sabab bo'ldi?

Mavsumni yaxshi boshlagan edik. “Nasaf”, “So'g'diyona” jamoalari bilan durang o'ynagan edik. Yuqorida aytib o'tganimdek bizga birgina g'alaba etishmayapti. O'tgan yili “Neftchi” jamoasi musobaqa jadvali quyi pog'onani egallab birinchi ligaga ravona bo'lgandi. Lekin, “Cementchi” va “Neftchi” jamoalarining qay biri superligada ishtirok etishi so'roq ostida turgandi. Qaysi jamoa superligada ishtirok etishini aniqlagunga qadar vaqt ko'p ketib qoldi. CHempionat boshlanishiga 20 kun qolganida “Neftchi” superligada ishtirok etadi degan qaror qabul qilindi. SHundan so'ng darrov futbolchilar yig'inga jalb qilindi. To'g'risini aytsam, “Neftchi” 20 kunda yig'ilgan jamoa. Agarda qishki yig'in paytida vaqtimiz biroz ko'proq bo'lganida balki boshqacha bo'lishi mumkin edi. Nasib qilsa hammasi yaxshi bo'lib ketadi. 

- Bu yilgi chempionatimiz qay darajada qiziqarli o'tmoqda?

Bu yilgi superliga bahslari avvalgilariga qaraganda ancha qiziqarli va kurashlarga boy tarzda o'tmoqda. Eng asosiysi muxlislar stadionlarga qaytishmoqda. Barcha jamoalar har bir ochko uchun  kurash olib bormoqda. Qanday o'yin bo'lishini hech kim bilmayapti. “Navbahor” grand jamoalarni birin-ketin mag'lubiyatga uchratmoqda. Biz ham “Navbahor”ga qarshi bahsda durang o'ynab keldik. Bu yilgi chempionatimizning saviyasi ancha kuchaygan.

- “Neftchi”ning omadsiz ishtirokidan muxlislar norozilik bildirishmayaptimi?

Mag'lubiyatga uchrab ochkolar yo'qotyapmiz, shunda ham muxlislarimiz bizni qo'llab –quvvatlab turishibdi. Buning uchun ularga katta rahmat aytaman. Biz o'z o'yinimizni topib g'alaba qozonib muxlislarimizni xursand qilamiz. Nasib qilsa ikkinchi davrani g'alabalar bilan boshlaymiz, degan umiddaman. 

- Boshqa jamoalardan sizga takliflar bo'lyaptimi?

- Takliflar bor. Lekin, “Neftchi” jamoasida o'ynash o'zimga yoqadi. Sababi, shu erda tug'ilib o'sganman. Terma jamoa tarkibiga qo'shilishimga “Neftchi” jamoasining hissasi katta. “Neftchi”ni bunday holatda tashab ketolmasdim. Grand jamoalarda faoliyat olib borish har bir futbolchining orzusi. Bir paytlar “Neftchi” ham grand jamoalardan biri bo'lgan. Biz o'sha davrdagi grand jamoani qaytarmoqchimiz.

- “Neftchi”ning bundan avvalgi rahbariyati Yuriy Vazgenovich Sarkisyanga chiqish eshiklarini ko'rsatib qo'ygandi. Yangilangan “Neftchi” jamoasi rahbariyati, futbolchilar mavsum avvalida Yuriy Vazgenovich Sarkisyan bilan uchrashganmidi?

- Superligani boshlashimizdan avval Yuriy Vazgenovich bilan murabbiylarimiz uchrashib ularning duosini olgandi. Yuriy Vazgenovich Sarkisyan mavsum avvalida yangilangan “Neftchi” jamoasiga omad tilagan. 

- Keyingi turda Qarshining “Nasaf” jamoasiga qarshi bahs olib borasizlar. Ushbu uchrashuv oldidan qanday fikr bildirasiz?

Albatta, keyingi turda “Nasaf” jamoasiga qarshi juda ham qiyin bo'lgan uchrashuvni o'tkazamiz. Ushbu bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. “Nasaf”da terma jmoadagi jamoadoshlarim Odil Hamrobekov, Aziz G'aniev, Islom Kenjaboev kabi kuchli futbolchilar faoliyat olib borishadi. Ushbu futbolchilarga qarshi o'ynash ham qiyin, ham qiziqarli bo'ladi.

- Muxlislarga tilaklaringiz

SHunday vaziyatda bizni qo'llab-quvvatlab turishgani uchun muxlislarimizga katta rahmat aytaman. Biz faqat muxlislar uchun o'ynaymiz. Nasib qilsa keyingi o'yinlarda g'alaba qozonib muxlislarimizni xursand qilamiz.


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика