So’nggi yangiliklar

17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  0 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3

Doston Tursunov: "CHorak finalda yanada yaxshiroq harakat qilamiz" Yangiliklar

Doston Tursunov: "CHorak finalda yanada yaxshiroq harakat qilamiz"

Ummonga qarshi uchrashuvdan so'ng uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb etirof etilgan terma jamoa himoyachisi Doston Tursunov OFK vakillari savollariga javob berdi.

“Gol urganimdan albatta, baxtliman. Gol urib, jamoaga g'alaba keltirish yoqimli. CHorak final yo'llanmasini qo'lga kiritganimiz bizga yana kuch beradi. Endi keyingi uchrashuvga bundan ham jiddiyroq tayyorgarlik ko'ramiz”, - dedi himoyachi.

- Raqib bugun qanday taassurot qoldirdi?

- Ummon yoshlar terma jamoasi bizga juda yoqdi. Jamoa bugun ajoyib o'ynadi. To'pni ushlab turish, tezkor hujumlar, umuman guruhdagi eng qiyin raqib aynan Ummon deya olaman.

- CHorak finalda kim raqib bo'lishini istaysiz? Masalan, Yaponiya hozir guruhda birinchi o'rinni qo'lga kiritishi mumkin (Tahririyat: Bizga Yaponiya tushib bo'ldi).

- CHorak finalda kuchsiz jamoa bo'lmaydi va bizga kim raqib bo'lishidan qatiy nazar biz faqat g'alaba uchun o'ynaymiz.

- Bugungi uchrashuvda jamoadoshlaringizning o'yinidan ko'nglingiz to'ldimi?

- Biz bugungi uchrashuvda bir jamoa sifatida harakat qildik. G'alaba jamoaniki. Jamoa qanday harakat qilgani haqida fikr bildirish biroz qiyin.

Reyting: -19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика