Doston Hamdamov Superligada qaysi jamoalar kuchli uchlikdan joy olishini aytdi
27 fev 2024 20:27
Yangiliklar
Doston Hamdamov Superligada qaysi jamoalar kuchli uchlikdan joy olishini aytdi
27 yoshli futbolchi joriy mavsumga tayyorgarlik, jamoa maqsadi hamda chempionat oxirida qaysi jamoalar sovrindorlar safidan o'rin egallashi to'g'risidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Yangi mavsumga tayyorgarlik alo darajada o'tmoqda. Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib bordik. Xudo xohlasa, chempionatning ilk turini g'alaba bilan boshlab, oxirigacha shu zaylda boramiz.
"Paxtakor" asosiy etiborini yoshlarga qaratgan. Yoshlarimiz juda yaxshi. Ular ham o'z iqtidorini ko'rsatib, g'alabalar uchun yordam beradi.
O'ylashimcha, "Paxtakor", "Nasaf" va "Navbahor" Superliga yangi mavsumida ham kuchli uchlikdan joy oladi.
Biz raqib tanlamaymiz, barchasiga jiddiy etibor qaratamiz.
Ilk uchrashuvni muxlislarimiz qarshisida o'tkazish yoqimli. G'alaba bilan ularni xursand qilishga harakat qilamiz", dedi yarim himoyachi.
Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" Superligadagi ilk o'yinini 4 mart kuni "Surxon"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar