"Dordoy" o'zbekistonlik murabbiy bilan qisqa muddatli shartnoma tuzganini elon qildi. Ahmedov ham shu klubda ishlaydi
28 may 2022 12:06
Yangiliklar
"Dordoy" o'zbekistonlik murabbiy bilan qisqa muddatli shartnoma tuzganini elon qildi. Ahmedov ham shu klubda ishlaydi
Bugun klub Arslanov bilan 2022 yilning 1 iyuliga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzilganini elon qildi.
Sergey Arslanov "Dordoy"da katta murabbiy sifatida ishlaydi. Yana bir hamyurtimiz Islom Ahmedov esa maslahatchi murabbiy etib tayinlandi, murabbiylar shtabiga qirg'izistonlik Zamirbek Jumagulov ham kiradi.
"Qirg'iziston chempionatida o'zimizga xos bo'lmagan o'rinda borayotganligimiz, shuningdek mamlakat kubogidan chiqib ketganimiz tufayli – klub rahbariyati bosh murabbiy Murat Jumakeev va katta murabbiy Aleksandr Beldinov bilan shartnomani kelishilgan holda bekor qildi. Klubga O'zbekistondan ikki mutaxassisni jalb qildik, ular OFK kubogi vaqtida jamoani boshqarishadi", - dedi klub bosh direktori Ruslan Sidikov.
"Birinchi navbatda klub rahbariyatiga taklif uchun va yaxshi kutib olishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Klub haqida nima deya olaman?! Ha, malumotlar to'pladim, chempionat doirasidagi "Abdish-Ota" klubiga qarshi o'yinni ko'rdim va futbolchilar bilan tanishishga harakat qildim. Aytishim mumkinki yigitlar yaxshi. Mahoratli ijrochilar bor. Urg'uni o'yin tashkil etishga qaratamiz. Klub oldidagi maqsadlar doim eng oliy. Vazifa – OFK kubogida guruhdan chiqish", - dedi "Dordoy" katta murabbiyi Sergey Arslanov.
Malumot uchun, "Dordoy" klub OFK kubogi guruh bosqichida "Xo'jand" (Tojikiston) va "Kopetdog'" (Turkmaniston) klublariga qarshi o'ynaydi. Bahslar 24-30 iyun kunlari Bishkek shahrida markazlashgan holda o'tkaziladi. 
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar