Doniyor Saidov: "Tajribali murabbiylarning taktik kurashiga guvoh bo'lamiz"
27 may 19:02
Yangiliklar
Doniyor Saidov: "Tajribali murabbiylarning taktik kurashiga guvoh bo'lamiz"
Bosh sovrin uchun BMB hamda "Oil Star" jamoalari kurash olib boradi.
Biz mazkur bahs oldidan buxoroliklarning tajribali futzalchisi Doniyor Saidov bilan bog'landik.
"Ikkinchi iyun kuni bo'lib o'tadigan final bahsi oldidan tayyorgarlikni Buxoroda davom ettiryapmiz. Barchasi alo darajada kechmoqda, deb o'ylayman. Biz maydonga doimo g'alaba uchun va muxlislarimizni xursand qilish uchun chiqamiz.
Bu safargi final "Oil star" uchun omadli kechadi va zafar quchib, kubokni boshimiz uzra baland ko'taramiz, degan umiddamiz. Bu uchun bizda hamma narsa etarli.
Menimcha, maydonda ikki jamoada ham ehtiyotkorlik yuqori bo'ladi va darvozalar daxlsizligini saqlashga harakat bo'lsa kerak. Ikkala jamoa murabbiylari tajribali bo'lganligi sababli o'yin taktik taraflama qiziqarli va tomoshabop bo'lsa ajabmas".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar