So’nggi yangiliklar

22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  0 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  6 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0 20:22Эрон. "Персеполис" сафарда ғалабага эришди ва пешқадам бўлиб олди  0 19:49Каталония дербиси қайноқ ўтади. "Эспаньол" "Барселона"га қарши ўйин олдидан эҳтиёт чораларини кўрмоқда  3 19:30Эрон чемпионати. "Трактор" "Шамс Азар" меҳмони бўлди, Ҳамробеков 56 дақиқа ўйнади  1 19:13Расман: Ўзбекистон МТЖнинг дарвозабонлар бўйича собиқ мураббийи ОКМКда иш бошлади  3 18:56​Расман: "Андижон" грузиялик футболчи трансферини эълон қилди  7 18:36"Барселона" ва АПЛ клублари Камерун терма жамоаси ҳужумчисини кузатмоқда  1 18:07"Хоразм" футболчиси "Сурхон"га ўтмоқда  1 17:39"Ювентус" ва "Рома" афсонаси Левандовскини "Милан"га ўтишдан огоҳлантирди  3

Diyor Mirzaboev: "Yigitlarning o'yinga bo'lgan munosabati meni xursand qildi" Yangiliklar

Diyor Mirzaboev: "Yigitlarning o'yinga bo'lgan munosabati meni xursand qildi"

Pro-liganing 25-turidan o'rin olgan "Yangier" - "SHo'rtan" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Diyor Mirzaboev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Mavsumning oxirida futbolchilarda motivaciya yo'qolgan. Lekin bugun ko'rsatgan o'yinimizda shijoat bor edi. U-19 jamoamizdan 4 nafar futbolchini jalb etdingiz, ko'rdingiz nomdor klubga qarshi o'yinda o'zini yo'qotib qo'ygani yo'q. Hamma futbolchilarimizga alohida minnatdorchilik bildiraman. Natijadan ko'ra ham yigitlarning o'yinga bo'lgan munosabati meni xursand qildi. 1:0dan keyin ham etarlicha vaziyatlarimiz bo'ldi. Umumiy aytganda, bugun durang adolatli natija bo'ldi. 

- U-19 jamoasi vakillarining harakatlaridan qoniqdingizmi?

- Albatta. Eng yosh jamoa bizda, 2003-2004 yil futbolchilar asosiy tarkibda o'ynamoqda. Bugun tomoshabop o'yin bo'ldi deb o'ylayman. Yigitlar borlarini berib harakat qilishdi.

- Bu yilga jamoa "SHo'rtan" bilan 4 marta to'qnash keldi, ammo mag'lub etolmadi. Bu haqida qanday izox berasiz?

- "Yangier" hali "SHo'rtan"ni yutmagan ekan. Bugun masala bo'yicha gaplashgandik, "SHo'rtan"ni yutish uchun maydonga chiqqandik. Ammo yakunda baribir durang natija qayd etildi.

- Jamoada oylik maoshlar to'landimi?

- Moliyaviy muammolar ko'p klublarda bor. Klub xususiy hisoblanadi. Ammo, bu jamoa butun Sirdaryo viloyatiniki. Hozirda mukofot pullari va oylik-maoshlar bo'yicha qarzdorliklar yo'q emas. Biroq "Yangier" har doim mavsum yakunida hamma bilan to'liq hisob-kitob qilib kelgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика