So’nggi yangiliklar

00:11А Серия. "Пиза" - "Ювентус" баҳси асосий таркиблари маълум қилинди  0 23:59Витинья Гвардиола билан ишлашга қарши эмас  0 23:35FUTSAL AWARDS-2025: Йилнинг энг яхшиларини тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  0 23:19Флориан Виртц илк голи ҳақида нималар деди?  0 22:55АПЛ. "Ливерпуль" - "Вулверхэмптон" учрашувидан кейинги фактлар  1 22:41"Нефтчи" Убайдуллаев билан икки йиллик шартнома имзолади  3 22:19Ўзбекистон U-21 ўртоқлик ўйинида Иордания U-23 билан дуранг ўйнади  0 22:00АПЛ. "Ливерпуль" ва "Арсенал" кичик ҳисобда ғалабалар қайд этди  2 21:51Саудия Арабистони. 10 ўйинда 10 ғалаба: "Ал Насср" ўз майдонида "Ал Уҳдуд"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  8 21:44АПЛ. "Челси" - "Астон Вилла" учрашуви асосий таркиблари маълум!  5 21:33"Нефтчи" Эргашев, Сайфиев ва Алибоев билан шартномани узайтирди  4 21:2010 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар  15 20:52Ван Дейк "Вулверхэмптон"га қарши ўйиндан олдин Жотанинг фарзандлари билан майдонга тушди  3 20:24Пеп Гвардиола: "Байрамда йиғилган барча ортиқча вазн шу ўйинда ташланди"  1 19:55"Реал" Себальоснинг ўрнига 60 млн евролик футболчини сотиб олиши мумкин  3

Diyor Mirzaboev: "Futbolni aldab bo'lmaydi, barchasi maydonda ko'rinib qoldi" Yangiliklar

Diyor Mirzaboev: "Futbolni aldab bo'lmaydi, barchasi maydonda ko'rinib qoldi"

Pro-liganing 19-turidan o'rin olgan "Yangier" - "G'ijduvon" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Diyor Mirzaboev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Yangiyer

PRO liga. 19-tur

06/10/2022, 16:00

1
:
1
Tugadi

G'ijduvon

45'
90'
8'  
34'  

O'yin haqida

- 25 kun davomida futbol o'ynamadik. Ligada qatnashishimiz so'roq ostida edi. Yigitlarga shijoat hisobiga yutish lozimligini aytgandim. O'yindan-o'yinga qo'shib boramiz.

- O'zingiz takidlagandek, oxirgi o'yindan so'ng deyarli bir oy vaqt o'tdi. Futbolchilarning jismoniy imkoniyatlarini ushlab turish maqsadida nimalarni amalga oshirdingiz?

- Jadval ikkiga ajralgandan so'ng chempionatda qatnashish yoki qatnashmasligimiz so'roq ostida edi. Ruhiy tomondan tushkunlik bor edi. Ochig'ini aytaman, 6 kun oldin yig'ildik. 5 kun mashg'ulotlar va oltinchi kuni futbol o'ynayapmiz. Futbolni aldab bo'lmaydi, barchasi maydonda ko'rinib qoldi. Futbolchi mashg'ulotlarda qatnashmasa, bu seziladi. Aslida yutqazadigan o'yin edi, omadimiz chopib durang natijaga erishdik. Raqiblar penaltidan foydalana olmadi. Jismoniy imkoniyatni tiklashga vaqt kerak.

- Birinchi golda xatoga yo'l qo'ygan Bunyod SHodievni almashtirdingiz. Buning sababi nimada?

- SHodievni almashtirilishi golda xato qilgani uchun emas. Uning o'zi yonimga kelib o'yini chiqmayotganini aytdi.

- 1:1 hisobi sizni qoniqtirdimi?

- Hozirgi vaziyatimizdan kelib chiqsa, albatta qoniqtirdi. Bugun yutqazishimiz mumkin edi. 80-daqiqadan keyin darvozamiz tomon penalti belgilangandi. Omadimiz kelib raqib penaltini golga aylantira olmadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика