So’nggi yangiliklar

13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  2 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  0 11:45Марко Ройс нима сабабдан Саудия Арабистони клублари таклифини қабул қилмаганини айтди  0 11:20Дидье Дешам: "Тўпни ҳужумга етказишда муаммога дуч келдик"  0 11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  22 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  13 09:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  0 09:20"Реал Мадрид"нинг 32 ёшли футболчиси жароҳатлар сабаб фаолиятини якунламоқчи  2 08:40"Андижон" бош директори Рубин Хебайнинг жамоага келиши ҳақидаги саволга жавоб берди  6 08:08Гвардиола Чемпионлар лигасида қайси жамоага тўқнаш келишни истамаслигини айтди  12 07:31ЖЧ-2026 Саралаш. Бугун БААга қарши майдонга тушамиз  24 06:01Ёрқин Назаров: "БАА ақлли жамоа, ғалаба қозонмаслик мундиал вазифасини қийинлаштиради"  8 01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  2 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  3

Diyor Imomxo'jaev: Saylovga 24 soat vaqt qoldi. O'zgarishlarga-chi? Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: Saylovga 24 soat vaqt qoldi. O'zgarishlarga-chi?

O'FF 12 sentyabr sanasiga 6 hafta vaqt qolganida tashkilot prezidentligi uchun nomzodlar haqida malumot berishi kerak edi.

Saylovga 24 soat vaqt qolganida ham futbol jamoatchiligi jimjitlik romanidan parcha o'qib turibdi. Ochig'i, ajablanmadim. O'zbekiston olimpiyachilari Rioga bora olmasa, Babayan va Tolibjonov ishdan ketishi kerak edi. Birinchisi biryo'la milliy terma jamoa tomorqasini ham payhon qilib ketdi, ikkinchisi faoliyatini davom ettirmoqda. Aytilgan gap qilinmaganidan keyin, yozib qo'yilganiga kimdir amal qiladimi?

O'zimizcha Alisher Sultonov, Ulug'bek Ro'ziqulov, Fattoh SHodiev deb chalg'igan bo'ldik. Vaholanki bu variantlar haqiqatga yaqin emas. Sultonovga qolsa, “O'zbekneftegaz”dan vaqt orttirishi qiyin. Bo'ynida MOQ javobgarligi ham bor. Agar O'FF ham ilib qo'yilsa, umuman uxlamasdan ishlashi kerak bo'ladi. Ulug'bek Ro'ziqulov “O'zbekiston havo yo'llari” loyihalari bilan band, Fattoh SHodievga O'zbekiston futboli umuman qiziq emas, deb bilaman. Uning kabi inson futbolni ermak deb bilganida, allaqachon Belgiya yoki Qozog'istondan bitta jamoa sotib olardi o'ziga. Madomiki, ular bizning futbolga kirib kelyaptimi, marhamat, xususiy investorlarni kutayotgandik. Kattalar manfaatsiz ishlarga aralashishmaydi, boshqa sohalarda ham ular uchun O'zbekiston eshiklari ochilayotgani balki yaxshilikkadir.  

SHodievlarning O'zbekiston futboliga foydasi tegishi allaqachon boshlandi. “Paxtakor”ning qo'lga kiritilishi va kattagina majmua qurilishi ularning gardaniga tushganidan ko'pchilik xabardor. “Paxtakor” muxlislari klub yaqin yillar ichida qayta oyoqqa turib olishiga ishonadi. Mana shu ishlar boshlangan vaqtdayoq, SHodievlarning O'zbekiston futboli tepasiga kelishi borasida gap-so'zlar tarqalgandi. Va bu haqiqatdan u qadar yiroq emas. Ammo qay ko'rinishda?

Bobur SHodiev “Paxtakor” klubining prezidentiga aylangani yoqimli bo'lgandi. Gap bunda shaxs haqida ketayotgani yo'q, shunchaki Toshkent shahar hokimining bunda deyarli rol o'ynamasligini hamma bilib turgan bir vaqtda, uning yana prezident bo'lib ko'rinishi ko'zbo'yamachilikdan boshqa narsa emasdi. Endi esa u kim bo'lishidan qatiy nazar, “Paxtakor”ning egasi bor. Bunisi yaxshi, biz istayotgan va talab qilayotgan masala ham aslida shu - klublarni tezroq xususiylashtirish.

Bobur SHodiev “Paxtakor”ni qo'lga kiritgach, Umid Ahmadjonovni Milliy Paralimpiya qo'mitasidan olib kelib, yakunda klub vice-prezidentiga aylantirgandi. Sizningcha, Ahmadjonov O'FF prezidentiga aylanishi mumkinmi? Voqealar rivoji shundan dalolat berayotgandek. Saylovga sanoqli soatlar qolganida ham hech narsa malum bo'lmaganidek, unga 15 daqiqa qolganida hammasi butunlay o'zgarib ketishi ham mumkin, albatta.

O'FF qoshidagi terma jamoalar markazi o'z faoliyatini to'xtatgach (nega shunday bo'lgani ham aytilmadi), Asqar Tolibjonov “Paxtakor”ning yangi rahbariyati oldida paydo bo'la boshlayotgandi. Hozir meni bir savol qiziqtiradi: bordi-yu, Ahmadjonov O'FF prezidentiga aylansa, Tolibjonov uning o'rniga “Paxtakor” vice-prezidenti bo'ladimi yoki tashkilotdagi faoliyatini davom ettiradimi? Saylovdan keyin u lavozimidan ayriladi degan variant mening ehtimollik nazariyamdan mutlaqo chetda turibdi. O'z-o'zidan yana bir savol chiqib keladi: O'FF vice-prezidenti Sardor Rahmatullaev ham joyida qoladi, to'g'rimi? Birinchidan, u OFK ijroqo'mining 2019 yilning mayigacha bo'lgan azosidir, yani, O'FFdan ketsa ham, OFKda qolaveradi. Ikkinchidan, federaciyaning bugungi kundagi siyosati haqida yaxshi biladi, intervyu bermaydi, ko'p gapirmaydi, qaltis ishdan yiroqda yuradi - xullas, “dilbar” shaxs. Bungacha uni qo'llab kelganlar, bundan keyingi taqdirini ham ijobiy hal qilib bera olmaydi deb, hech kim kafolat bera olmaydi Bobur SHodiev kim va u qanday inson ekani “Paxtakor” prezidenti ekanidan kelib chiqib, uning muxlislari uchun ahamiyatli edi. Vaqti kelib bu jamoa Abramovichning “CHelsi”si, Halayfiyning “PSJ”siga aylansa, biz faqat xursandmiz. Saylovdan keyin esa SHodievlar millionab muxlislar uchun ahamiyatli insonlarga aylanishadi. Ularning gardanida oson bo'lmagan masuliyat yuki turadi. Men podadan oldin chang chiqarishni istamasdim. Qolganlar kabi faqat yaxshisidan umid qilaman va ertaga o'zbek futboli tepasiga keladigan kishilarga omad tilayman, ishonamanki, xavotirlarimiz o'rinsiz bo'lib chiqadi.

Ha, aytgancha, masalan parlamentning uchdan ikki qismi ishonchsizlik votumi bildirilsa, faqatgina vazir emas, boshqa vazirlar ham, butun bir hokimiyat istefo beradi. Afsuski, futbolimizda parlament yo'q (futbolchi va murabbiylar, hakamlar, jurnalistlar uyushmasi va hokazo). Agar shunday votum ishqibozlar tomonidan bildirilsa degan kulguli farazni ko'z oldimizga keltirsak, o'ylashimcha, uchdan ikki qismimiz o'zgarishlar uchun qo'l ko'targan bo'lardik. Demak, ertaga avvalgilarning barchasi istefo berib, butunlay yangi rahbariyatning kelishi muxlislarni quvontirsa kerak. Yana o'sha karom sho'rvani ichishda davom etsak, bilmadim... Oxiri bahrayr bo'lsin!

Reyting: +75   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика