So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Xorazmlik muxlislarga xushxabar. "Xorazm" uyiga qaytmoqda Yangiliklar

Xorazmlik muxlislarga xushxabar. "Xorazm" uyiga qaytmoqda

Teglar :  Xorazm
Xorazm sport majmuasini Superliga o'yinlariga tayyorlash yakuniy bosqichga kirdi.

“15 yillik tanaffusdan so'ng Superligaga qaytgan Xorazm futbol klubi mavsum boshidan buyon o'z uy o'yinlarini turli shaharlarda o'tkazib kelmoqda. Bu vaqt ichida Xorazm sport majmuasini Superliga talablari asosida qayta tamirlash ishlari olib borildi. 

O'tgan vaqt davomida Liga mutaxassislari muttasil ravishda Xorazm sport majmuasi tayyorgarligini monitoring qilib bordi. So'nggi marta ular 31-iyul kuni majmuada bo'lib, navbatdagi hisobotni tayyorladi. O'rganishlar xulosasi Xorazm klubi va nihoyat Superliga o'yinlarini o'z uyida qabul qilishi mumkinligini ko'rsatmoqda.

Liga Xorazm va Nukus shaharlarida Superliga bellashuvlari suniy maydonda o'tkazilishi masalasida Associaciya bilan birgalikda ish olib bordi. Ekologik holat mazkur mintaqalarda tabiiy chim o'stirish va keyinchalik uni parvarish qilib borishda muammolar keltirib chiqarishi mumkinligi, qolaversa, bu katta xarajatni talab qilishi ehtimolini ko'rsatdi. Shundan kelib chiqib, suniy qoplama FIFA standartlariga mos kelishi lozimligi hamda professional futbol uchrashuvlarini o'tkazish imkoniyatini berishi shartida Xorazm sport majmuasiga suniy qoplama yotqizilishi uchun ruxsat berildi. Xorazm mazkur talabni bajardi. Hozirga qadar arenada qator sinov o'yinlari o'tkazildi va ularda ehtimoliy kamchiliklar kuzatilmadi.  

Shuningdek, VAR imkoniyatlaridan kelib chiqib, Termizdagi kabi Xorazm sport majmuasining o'ziga alohida VAR texnikasi sotib olindi va majmuada alohida VAR xonasi tashkil etildi. 31-iyul kuni Liga hamda “Sport ijodiy birlashmasi”ning teletranslyaciyalar uchun masul mutaxassislari ham majmuada bo'lib, Superliga o'yinlarini efirga uzatish uchun amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorladi. 

Stadion projektorlari iyul oyiga qadar ikki qayta sozlangan va yaxshilangan bo'lsa-da, ular Superliga talabiga javob bermay kelayotgandi. Shundan kelib chiqib, may yoki iyun oylarida mazkur arenada rasmiy o'yin o'tkazish uchun ruxsat berilmadi. Natijada iyul oyida qo'shimcha texnikalar jalb qilish ustida ish olib borildi. 31-iyul holatiga ko'ra, projektorlar yorug'ligi o'rtacha 1 830 lyuksga etkazildi. Ammo bu masala to'liq yopilmagan bo'lib, ayni vaqtda majmuaga qo'shimcha texnika etkazilishi davom etmoqda. Yakunda projektorlarning o'rtacha yorug'ligi 2 000 lyuksdan oshirilishi ko'zda tutilgan. 

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Superliga 19-turidan o'rin olgan Xorazm — Qizilqum uchrashuvi bilan Xorazm viloyatiga Superliga qaytishi masalasida kelishuvga erishildi. Unga qadar Liganing turli yo'nalishlar bo'yicha mutaxassislari klub va stadion bilan hamkorlikda ish olib, majmuani rasmiy bellashuvga tayyorlash ishlarini davom ettiradi.” deb O'zbekiston Professional futbol ligasi rasmiy malumot taqdim etdi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика