So’nggi yangiliklar

12:54УЕФА Англия клубини мухлислар баннери туфайли жазолади  0 12:20МЮ Аморимнинг ўрнига бошқа мураббий излаётгани ҳақидаги хабарлар рад этилди  1 11:50Жозе Моуринью: "Бенфика"дан таклиф бўлганида бир сония ҳам иккиланмадим"  1 11:25Сон Хён Мин "Реал" билан ўйинда хет-трик қайд этди  9 10:45Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Черногория билан ўйнайди   5 10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  10 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   2 09:20Here we go! Жозе Моуринью "Бенфика" таклифини қабул қилди  7 08:50Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳамма ўз хатосини билади"   0 08:20Суперлига. "Пахтакор" сўнгги бор Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  4 07:55Факт. "Машъал" бугун тарихий натижа қайд этиши мумкин  1 07:25Суперлига. Бугун 22-турга старт берилади   0 07:00"Бургутлар" ОЧЛ-2да юришини бошлади. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувидан галерея   1 02:44ОЧЛ 2. Роналдусиз "Ал Насср" Тожикистоннинг "Истиқлол" клубига жавобсиз бешта гол урди  7 02:38Туркия. Шомуродов ассист берган ўйинда "Истанбул Башакшеҳир" "Фотиҳ Карагюмрук"ни мағлубиятга учратди  5

Diyor Imomxo'jaev: "Ko'p klublarimiz nogiron, ularga kimdir qarab turmasa, kimdir pul berib turmasa, ochidan o'ladi" Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: "Ko'p klublarimiz nogiron, ularga kimdir qarab turmasa, kimdir pul berib turmasa, ochidan o'ladi"

O'zPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchisi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi kanalida post qoldirdi. Unda Diyor Imomxo'jaev jamoalar manzili tomon keskin fikrlarni bildirgani ko'rinib turibdi.

"O'zPFLdagi ikki yilim davomida eng ko'p yomon ko'rganim narsa — shartnomalarni ikki tomonlama bekor qilish.

Ha, aslida bunga klublarning haqi bor. Buni taqiqlashga esa O'zPFLning haqi yo'q. Ammo uchinchi masalani ham unutmaslik kerakki, o'rtada davlatning yoki xalqning puli turibdi. SHundan kelib chiqilsa, bu ishlarda nazorat bo'lishi kerak.

Holatni tushuntiraman. Sizda yaxshi futbolchi bor, aytaylik, u Toshkentning yoki xorijning biror klubiga yo'l olmoqchi. O'sha jamoa esa futbolchini ehtimoliy transferidan arzonroqqa qo'lga kiritmoqchi. Bunda futbol agentlari asosiy rolni o'ynab berishadi. Yani, shundoq ham ketishni istayotgan futbolchi nomidan sizga “sovchi” bo'lib kelishadi.

Demak, kelishuv asosida siz futbolchi bilan shartnomani bekor qilib berasiz. Futbolchi rozi, u yaxshiroq klubga oson ketyapti. Siz rozi, agentlar orqali ulushingizni oldingiz. Olayotgan klub rozi, maqsadiga etishdi. Ammo futbolchini tarbiyalagan klubga hech narsa yo'q. Klublarda futbolchilarini koronavirus testidan o'tkazish uchun ham pul yo'q. Ko'p klublarimiz nogiron, ularga kimdir qarab turmasa, kimdir pul berib turmasa, ochidan o'ladi", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика