So’nggi yangiliklar

02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  2 01:50BALLON D'OR-2025  100 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  10 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  20 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  12 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  39 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  12

Diyor Imomxo'jaev: "Ayni paytda FIFA to'rtta klubimizga taqiq qo'ygan" Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: "Ayni paytda FIFA to'rtta klubimizga taqiq qo'ygan"

FIFA legioner futbolchilardan qarzdorligi sabab quyidagi klublarga yangi futbolchilari ro'yxatdan o'tkazishni rasman taqiqlagan:

"Surxon"
"SHo'rtan"
"Qo'qon-1912"
"Andijon"

Qo'qon-1912 Boyan Knejevich hamda Milosh Nikolich bilan bog'liq muammoga ega. Klub bu futbolchilar pullarini to'lab, FIFAga murojaat qildi. Bir necha kun ichida FIFA taqiqni olib tashlashi mumkin.

"Andijon" Vitaliy Mirniy bilan kelishuvga erishdi hamda FIFAga hisobot berdi. Radoslav Aleksich bilan qisman hisob-kitob qilindi, tez orada uning muammosi ham hal bo'ladi. Endilikda Ibe Mikael Okoro FIFAga arz qilganligidan kelib chiqib, muammo yana bittaga ko'paydi. Klub bu ishni ham hal qilish arafasida.

Biroq bu muammoning hammasi emas. FIFA Predrag Vuyovich ishi bo'yicha "Andijon"ga yana bir marta tartib-intizom ishini ochdi. Oldindagi besh kun ichida "Andijon" FIFAga o'z munosabatini bildirishi lozim. Xullas, eski rahbariyat qilgan ishlar uchun hali uzoq javob beriladi.

"SHo'rtan"da muammo etarli. Klubning 2020 yilgi mavsum uchun tasdiqlangan smetasi to'liq berilsa, muammo hal qilinadi. Yoki bo'lmasa 2021 yilgi mavsum uchun smetaga Vitaliy Varivonchik va Igor Kriushenko bilan bog'liq qarzdorlik kiritilishi shart. Ammo neftgaz sohasi bilan bog'liq klublarning barchasi so'nggi ikki yilda muammolardan chiqa olmayapti.

"Surxon" Vladimir Bubanya ishini va nihoyat egardan tushgani holda tan oldi. Rahbariyat futbolchi bilan faol muzokaraga kirishgan. Muammo hal qilinganidan keyingina FIFA taqiqni olishi mumkin.

Unga qadar O'zPFL mazkur klublar futbolchilarini ro'yxatdan o'tkazmaydi", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida. 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика