"Dinamo" "Zenit"dan minimal hisobda engildi
09 fev 19:15
Yangiliklar
"Dinamo" "Zenit"dan minimal hisobda engildi
O'yin oldidan "Zenit" "Al Nassr"dan Jon Duran transferini amalga oshirgan bo'lsa-da, bu bahsda maydonga tushirilmadi. Shunga qaramay, Sergey Semak ham, Vadim Abramov ham uchrashuvni jangovar tarkibda boshladi.
Birinchi bo'limda Aleksandr Eroxin Rossiya klubining yagona goliga mualliflik qildi, samarqandliklardan esa Aziz Amonov yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmadi – 1:0.
Ikkinchi bo'lim Samarqand jamoasi ustunligida o'tgan bo'lsa-da, Vadim Abramov shogirdlari bir qator imkoniyatlarni ko'kka sovurdi. Bahsda Rossiyaning 10 karra chempioni minimal hisobda ustun keldi.
O'rtoqlik o'yini
"Zenit" (Rossiya) – Dinam 1:0
Gol: Aleksandr Eroxin 5'
"Dinamo": Edem Nemanov, Sanjar Qodirqulov, Mahammadu Dembele, Jahongir O'rozov, Jaloliddin Jumaboev, Til Mavretich, Nurillo To'xtasinov, Jahongir Abdusalomov, Aziz Amonov, Anvar Hojimirzaev, Firdavs Abdurahmonov.
Zaxiradan tushganlar: Ulug'bek Hoshimov, Xislat Xalilov, Rasul Yo'ldoshev, Behruzbek Obloqulov, Abdulahad Hoshimov, Akbar Xudoyberdiev, Bektemir Abdumannonov, Dramane Salou, Ulug'bek Abdullaev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar