So’nggi yangiliklar

13:03АПЛнинг энг қиммат ёш футболчилари маълум. "Челси", "Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" топда  0 12:36Ямалдан яна бир натижа: у собиқ жамоадошининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 12:12"Нефтчи" пешқадамга айланди, Файзуллаев дебют қилди, Ашурматов қачон сафга қайтиши аниқ – 21 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   1 12:00Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" - "Бухоро" учрашуви 27 августга кўчирилди  3 11:39Эксперт фикри. Иброҳим Отахонов: "Андижон"га нафақат бугун балки кейинги ўйинда ҳам осон бўлмайди"  0 11:10"Қалдирғочлар" қаршисида "чақилмас ёнғоқ": "Қизилқум" – "Бунёдкор" учрашувини кўриш учун 7 та сабаб  1 10:50"Манчестер Юнайтед"га 21 ёшли футболчи керак  2 10:25Родригонинг вакиллари Англияда  6 10:1025 август куни ЎФФ раҳбарияти иштирокида брифинг бўлиб ўтади  0 09:52Луис Энрике: "Танқидларни тўғри тушунаман"  0 09:37Суперлига. Бугунги учрашувларни кимлар шархлайди?  12 09:24Кунде: "Рекордни янгиламоқчиман"  0 08:57"Ювентус" Артурни ижарага беради  1 08:27Sofascore. Кечаги учрашувда Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди?  15 08:00Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" 1:2  5

"Dinamo": Xayriya tadbiri o'tkazildi Yangiliklar

"Dinamo": Xayriya tadbiri o'tkazildi

Yil davomida bir qator xayrli ishlarga qo'l urib kelayotgan Dinamo klubi, xayr va savovat oyi sanalmish muqaddas Ramazon oyida yana bir xayrli ishga qo'l urdi.
SHanba kuni klub qarorgohida iftorlik dasturxoni yozildi.

Ushbu xayrli tadbirda faxriy mehmonlar qatorida Samarqand shahridagi 10-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari taklif etildi. Ushbu tadbir o'tkazilishidan maqsad, mehrga tashna bolalarga bayram tashkil etib berish bilan birga Sog'lom bola yili davlat dasturi asosida kelajagimiz bo'lmish ushbu o'g'il-qizlarning sport bilan muntazam shug'ullanishlari uchun sport anjomlari bilan taminlash edi. Marosimning birinchi qismida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari Dinamo jamoasi azolari bilan ko'rgazmali o'yin o'tkazishgan bo'lishsa, so'ng Dinamo stadionida ekskursiya tashkil etilib, o'yingohda futbolchilar bilan birga esdalik uchun suratga tushishdi.

Tadbirning asosiy qismi esa iftorlik dasturxoni atrofida o'tib, marosimda yig'ilgan faxriy mehmonlar, klub rahbarlari va futbolchilar Mehribonlik uyining 40 nafar tarbiyalanuvchilariga futbol bilan muntazam shug'ullanishlari uchun sport formalari va epikirovkalarini sovg'a qilishdi. SHuningdek, Dinamo klubi futbolchilari dastxati va ramzi tushirilgan futbolka va to'p topshirildi.

Men kelajakda futbolchi bo'lib etishishni orzu qilaman - deya gap boshladi tadbirda ishtirok etgan 10 yoshli Davlatbek.

Sevimli Dinamo jamoamizning bizga bo'lgan etiboridan boshimiz ko'kka etdi. Futbolchilarga qarshi o'yin va Dinamo stadionidan katta taassurotlar oldik. Sovg'alar va mana shunday bayram uchun tashkilotchilarga rahmat aytamiz - deydi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi.

Marosim so'nggida esa o'tganlar haqiga tilovat qilinib, duoga qo'l ochildi. O'z navbatida bolalar uyi va klub futbolchilari o'rtasida mana shunday uchrashuvlarni tez-tez tashkil etish bo'yicha kelishib olindi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика