So’nggi yangiliklar

08:35Мессининг ажойиб ҳаратлари "Интер Майами"га ғалаба тақдим этди  2 08:09ОЧЛ 2. "Андижон" мусобақадаги ўз "юриши"ни бошлайди  16 08:02Элит ОЧЛ. "Ал Ҳилол" мусобақани ғалаба билан бошлади  2 06:15ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ҳамда "Тоттенхэм" ўз майдонида ғалаба қозонди. "Ювентус" қўшиб берилган дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди, "Бенфика" эса "Қорабоғ"га ютқазди  19 02:05ЕЧЛ. "Реал Мадрид" илк турда "Марсел"ни мағлубиятга учратди  112 00:50Ямал жароҳати туфайли "Нюкасл"га қарши ўйнамайди  1 00:00ЕЧЛ. "Арсенал" илк турда "Атлетик"ка қарши ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  27 23:24Элит ОЧЛ. "Трактор" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади. Хамробеков 78-дақиқада майдонга тушди  0 22:33"Милан" ва "Интер" "Сан-Сиро"ни сотиб олиш бўйича шаҳар маъмурияти билан келишиб олишди  0 22:03"Бу мағлубиятдан фожеа ясаш керак эмас, Осиё гранди билан қўрқмай ўйнагани учун ҳам раҳмат" — "Ал Аҳли" - "Насаф" учрашуви мутахассис нигоҳида   26 21:11Ўзбекистон футзал бўйича Японияга мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 20:58 "Навбаҳор" футбол мактаби "Аякс" футбол академияси бошқарувига берилади   13 20:43Фарҳод Нишонов: "Про лигага ВАР албатта керак"  0 20:2237 ёшли Мата Австралия чемпионатида жамоасини ўзгартирди  1 20:02Мирко Еличич: "Олимпик-MobiUz" – сифат ва тезлик бобида ажралиб турадиган, ҳужумкор ўйнайдиган жамоа"  0

Dinamo - Qizilqum: Kim chorak finalga chiqadi? Yangiliklar

Dinamo - Qizilqum: Kim chorak finalga chiqadi?

O'zbekiston Kubogi 1/8 final doirasigi etiborli uchrashuvlardan biri Samarqandda o'tadi.

CHorshanba kungi uchrashuvda Pro-Liga vakili “Dinamo” Superliga ishtirokchisi “Qizilqum” bilan chorak final yo'llanmasi uchun kurashadi.

BIR UCHRASHUVDAN IBORAT BAHS

“Dinamo” va “Qizilqum” jamoalari joriy yilda ikki xil saviyadagi alohida turnirlarda ishtirok etishayotgan bo'lishsada, O'zbekiston Kubogi nimchorak finali doirasida har ikki jamoa ham faqat g'alaba uchun maydonga tushadi. Sababi, 1/8 final doirasidagi bahs taqdiri bitta o'yindan iborat va jamoalar durang o'ynagan taqdirda, dastlab qo'shimcha bo'limlar, keyin esa penaltilar seriyasi o'tkazilishi mumkin.

JORIY MAVSUMDA: KIMDA QANDAY NATIJA?


"DINAMO"
Pro-Liga “A” guruhida ishtirok etayotgan “Dinamo” jamoasi mavsumni kutilgandek boshlamadi. Ketma-ket muvaffaqiyatsizliklar natijasida jamoa turnir jadvalida 7-pog'onadan joy olgan. So'nggi turda Nukusning “Orol” klubini qabul qilgan Davron Fayziev shogirdlari chempionatdagi ilk g'alabani qo'lga kiritshdi.

«Dinamo»ning so'nggi besh turdagi natijasi:
7-tur: Dinamo – SHo'rtan - 0:0
8-tur: Orol – Dinamo - 2:1
9-tur: Dinamo – Andijon - 1:1
10-tur: Andijon – Dinamo - 3:1
11-tur: Dinamo – Orol - 2:0

"QIZILQUM"

Hamid Aktamov qo'l ostidagi “Qizilqum” jamoasi esa so'nggi ikkita turda muvaffaqiyatli natijalarga erisha oldi. Dastlab, Navoiy jamoasi Toshkentda amaldagi chempion “Lokomotiv” bilan o'yindan ochko bilan qaytgan bo'lsa, so'ngi turda Qo'qondan g'alaba bilan qaytdi. “Qizilqum” ayni damda Superligada 10-pog'onadan o'rin olgan.

«Qizilqum»ning so'nggi besh turdagi natijasi:
9-tur: Qizilqum – AGMK – 3:0
10-tur: Qizilqum – Metallurg – 1:2
11-tur: Navbahor – Qizilqum – 3:0
12-tur: Lokomotiv – Qizilqum – 2:2
13-tur: Qo'qon-1912 – Qizilqum – 0:1


O'ZARO O'YINLAR: 35-TO'QNASHUV


Bu ikki klub chempionat bahslarida 34 bora to'qnash kelgan. Ushbu o'yinlardan 15 tasida navoiyliklar g'olib bo'lishgan. 9 o'yin durang hisobda yakunlangan. “Dinamo” shu kunga qadar “Qizilqum”ni 10 marta mag'lubiyatga uchrata olgan.

“Dinamo” o'yinlarda 43 ta gol urgan va 43 ta o'tkazib yuborgan. Ochko ishlash borasida “Qizilqum” o'zaro o'yinlarda 54 ochko olgan, «Dinamo» esa 39 ochko. “Qizilqum”ning Oliy ligada “Dinamo” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi 3:1 ni tashkil qiladi. “Dinamo”ning esa navoiyliklar ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 6:1 ga teng.

“Dinamo” Samarqandda bu raqibni 9 marta taslim qilgan. Faqat 5 ta bahsda durang qayd etilgan. “Qizilqum” safardan 3 marta g'alaba bilan qaytgan.

Samarqandda o'tgan o'zaro so'nggi 8 uchrashuv:
26.05.2017 «Dinamo» - «Qizilqum» 0:1
17.05.2015 «Dinamo» - «Qizilqum» 2:2
12.09.2014 «Dinamo» - «Qizilqum» 2:1
04.08.2013 «Dinamo» - «Qizilqum» 1:0
27.09.2012 «Dinamo» - «Qizilqum» 3:0
21.08.2011 «Dinamo» - «Qizilqum» 1:1
01.05.2010 «Dinamo» - «Qizilqum» 0:0
25.06.2009 «Dinamo» - «Qizilqum» 3:0

O'YINNI KIM BOSHQARADI?

O'zbekiston Kubogi 1/8 final doirasidagi o'yinlarni boshqarib boradigan hakamlar ro'yxati elon qilingan.

30 may (chorshanba)
“Dinamo” – “Qizilqum”
Hakamlar: 
A. Ergashev, X.SHodmonov, T. Gaynullin, K. Rasulov.
Nazoratchi – A.Xotamov.
Komissar – R.CHernikov.

O'YIN “SPORT” TV ORQALI NAMOYISH ETILADI

Nimchorak final doirasidagi “Dinamo” – “Qizilqum” bahsi “Sport” telekanali orqali 30 may, soat 17:00dan boshlab to'g'ridan-to'g'ri efirda Samarqanddagi “Dinamo” stadionidan olib ko'rsatiladi.

O'zbekiston Kubogi.
1/8 final.
30 may (chorshanba)
“DINAMO” – “QIZILQUM”
O'yin boshlanish vaqti: 
17:00
TV-translyaciya: Sport TV (jonli efir).


“Dinamo” klubi matbuot xizmati.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика