So’nggi yangiliklar

00:58ЖЧ саралаши. Украина, Франция, Англия ва Сербия ғалабага эришди  0 00:10U-17 ЖЧ. Нимчорак финалга чиққан Ўзбекистоннинг бугунги машғулотларидан суратлар  2 23:33Роберт Левандовски фаолиятини Италияда давом эттириши мумкин  2 22:32"Реал" Бундеслигада янги чап қанот ҳимоячиси топди  1 21:38"Милан" форварди АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  0 21:02ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди  127 20:38Гюлер Ҳусановнинг жамоадошига айланиши мумкин  7 19:50Холанд: "Мен терма жамоада бўлганимда Норвегия ҳеч қачон саралашдан ўтмаган"  15 18:58U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Хорватияни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, нимчорак финалга чиққан ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ   8 18:36Лондон клуби Эндрикни ижарага олмоқчи  2 17:48"Ньюкасл" "Манчестер Сити" футболчисини харид қилмоқчи  1 17:12Рейндерс: "Милан"нинг "Интер"га қарши ўйинини албатта томоша қиламан"  1 16:45Модрич: "Биз бу муваффақият билан фахрланишимиз керак"  1 16:20Мбаппе ва Зидан бир жамоада ўнайди-ми?!   3 15:55"Арсенал"нинг яна бир футболчиси термадан жароҳат билан қайтди  0

Superliga. "Neftchi" "Dinamo"ni mag'lub etdi va peshqadamga aylanib oldi Yangiliklar

Superliga. "Neftchi" "Dinamo"ni mag'lub etdi va peshqadamga aylanib oldi

Teglar :  Neftchi"Dinamo"
O'zbekiston Superligasining 2-turi doirasidagi "Dinamo" - "Neftchi" o'yini bo'lib o'tdi.


"Dinamo" - "Neftchi" 0:1
10 mart 2024. Jizzax, "So'g'diyona" stadioni. 17:15
Bosh hakam:
Firdavs Norsafarov.
Qanot hakamlar: Dilshod Jumaniyozov, Artyom Kalinin.
Zaxira hakam: To'rabek Suyunov.
VAR hakam: Rustam Lutfullin.
AVAR hakam: Baxtiyorxo'ja SHavkatov.
Nazoratchi: Timur Galeev.
Komissar: Davron Ibrohimov.

Gol: Abbos G'ulomov 51, - 0:1 (Nsungusi Effiong).

"Dinamo": 13. Ravshanbek Yagudin, 3. Ulug'bek Abdullaev (21. Anvarjon Xojimirzaev, 58), 4. Odilbek Abdumajidov, 7. Fransis Narx (6. Artyom Sokal, 13), 8. Hislat Halilov, 9. Humoyunmirzo Iminov (23. Farruh Ikromov, 58), 10. Joel Kojo (35. Emmanuel Yagr, 85), 17. Salim Mustafoev (s), 20. Ratino, 22. Sanjar SHoahmedov, 44. Dushan Miyich.
Zaxira: 1. Farhod Rahmatov, 11. Damir Temirov, 18. Dilshod Rahmatullaev, 30. Abubakir Mo'ydinov, 77. Vohidjon Oqbo'taev.

"Neftchi": 35. Sanjar Quvvatov, 2. Zoir Jo'raboev, 7. Jasur Jaloliddinov (23. Diyor Turopov, 46), 9. Husayn Norchaev (77. Bilolxon Toshmirzaev, 46), 11. Javohir Qahramonov (18. Mixay Roman, 90+4), 19. Mirzohid G'ofurov (c), 20. Anvarjon G'ofurov, 21. Muxsinjon Ubaydullaev, 24. G'ulom-Haydar G'ulomov, 70. Abbosjon G'ulomov (55. Manuchehr Safarov, 84), 99. Effiong Nsungusi (10. SHohruz Norxonov, 84).
Zaxira: 45. Akbar To'raev, 3. Jaloliddin Jumaboev, 14. Xurshid Muhtorov, 17. Sanjar Qodirqulov, .

Ogohlantirishlar: Zoir Jo'raboev 34, Odilbek Abdumajidov 65, Muhsin Ubaydullaev 70, Bilol Toshmirzaev 83.



MATNLI TRANSLYACIYA


90+5. O'yin tugadi. "Dinamo" - "Neftchi" 0:1.

90+4. O'zgarish. "Neftchi". Qahramonov o'rniga Mixay Roman tushdi

90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shildi

88. "Dinamo" gol urish uchun bor kuchi bilan hujumga o'tmoqda

85. O'zgarish. "Dinamo". Kojo o'rniga Yagr tushdi

84. O'zgarishlar. "Neftchi". Abbos G'ulomov va Nsungusi o'rniga Safarov va Norxonov tushdi

83. Ogohlantiish. "Neftchi". Bilol Toshmirzaev

76. Zarba! Ratinoning kuchli zarbasi rekoshet hosil qilib noaniq ketdi!

73. G'ulomhaydar G'ulomov jarohat olgan. SHifokorlar unga tibbiy yordam ko'rsatishmoqda

70. Ogohlantirish. "Neftchi". Muhsin Ubaydullaev

66. Xavfli vaziyat. Anvarjon Hojimirzaevning yo'llagan zarbasi darvoza yonginasidan o'tib ketdi...

65. Ogohlantirish. "Dinamo". Odilbek Abdumajidov

58. O'zgarishlar. "Dinamo". Ulug'bek Abdullaev o'rniga Anvarjon Hojimirzaev, Humoyunmirzo Iminov o'rniga Farrux Ikromov maydonga tushdi

53. Jarima zarbasi amalga oshirildi. Bu vaziyatda Diyorjon Turopov boshi bilan to'pni darvozaga yo'lladi. Ammo, noaniq chiqdi

51. GOL! Abbos G'ulomov Effiong tomonidan uzatilgan to'pni darvozaga to'g'rilab qo'ydi - 0:1

47. Zarba! Bilolxon Toshmirzaev kuchli zarba berdi. Biroq, uning zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarishlar. "Neftchi". Jaloliddinov va Norchaev o'rniga Turopov va Toshmirzaev tushdi


45+4. Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha 0:0

45. Birinchi taymga 4 daqiqa qo'shildi

34. Ogohlantirish. "Neftchi". Zoir Jo'raboev

31. Xavfli vaziyat! Salim Mustafoevning bosh bilan yo'llagan zarbasini Anvarjon G'ofurov darvoza chizig'i ustidan qaytarib qoldi!

25. O'yin tengkurashlar ostida davom etmoqda. Hozircha hisob ochilgani yo'q 0:0

22. Qahramonovning jarimadan uzatgan to'pini Yagudin ushlab oldi

15. UXXX! Xavfli vaziyat! Mirzohid G'ofurov chap qanotdan oldinga o'tdi va darvoza yoniga to'pni uzatdi, Norchaev to'pga zarba bera olmadi, himoyachi jamoasini qutqardi! 

13. O'zgarish. "Dinamo". Narx o'rniga Sokal tushdi. Narx o'yin boshidagi olgan jarohati tufayli maydonni tark etdi

11. Zarba! Ratinoning zarbasidan keyin Quvvatov to'pni ushlab oldi

8. Bugun "Neftchi" safida Boyan Ciger va Ketelin Karp kichik jarohatlari bois maydonga tusha olishmayapti

6. Jaloliddinov jarima to'pi ishladi, Mustafoev uni yiqitdi. Jarimadan Jasurning o'zi zarba berdi, to'p jonli devorga tegib qaytdi

5. Zarba! Kojoning uzatgan to'pini Narx darvozaga yo'lladi, noaniq

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 17:15da boshlanadi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика